Moskvada ukrainalik sobiq mulozimning avtomobili portladi (video)
Olam
−
14:14 437 2 daqiqa
Bugun, 13 noyabr kuni Rossiya poytaxti Moskvada avtomobil portlab ketdi. Rossiya OAVlari maşina Ukraina sobiq boş vazirining sobiq matbuot kotibiga tegişli ekani haqida xabar bermoqda.
Yirik “Mash” Telegram-kanali avtomobil Moskvaning Çertanovo tumanidagi Kirovogradskaya köçasida joylaşgan turar joy binosi yaqinida portlaganini xabar qildi. Guvohlarning sözlariga köra, gaz portlaşiga öxşaş kuçli gumburlaş ovozi eşitilgan.
SHOT naşrining yozişiça, qora rangli Toyota yöltanlamasi hovlidan çiqqanidan söng taxminan 200 metr yurgan, şundan keyin portlaş sodir bölgan. Hodisa oqibatida haydovçi jabrlangan – uni portlaş tölqini yölning qatnov qismiga uloqtirib yuborgan. Şifokorlar unga zarur tibbiy yordam körsatgani xabar qilinmoqda.
Telegram-kanal ma’lumotlariga köra, portlagan avtomobil tarix fanlari nomzodi, Ukraina sobiq boş vaziri Nikolay Azarovning sobiq matbuot kotibi, 72 yoşli jurnalist Sergey Zavorotniy nomiga rasmiylaştirilgan. Xabarlarda jabrlanuvçining kökrak qafasi va orqa qismida jarohatlar, şuningdek, oyoqlarida oğir şikastlanişlar borligi aytilmoqda.
“Baza” Moskvadagi yöltanlamas portlaşining dastlabki sababi sifatida maşina ostiga örnatilgan qölbola portlovçi qurilma körsatilayotganini ma’lum qilgan. Naşrning aniqlik kiritişiça, avtomobil egasi ilgari Ukraina sobiq boş vaziri Nikolay Azarovning matbuot kotibi bölib işlagan, 2004 yilgaça esa Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasida faoliyat yuritgan. U media va siyosat sohalariga ixtisoslaşgan.
Tergov qömitasi matbuot xizmati RIA Novostiga Moskvadagi Kirovogradskaya köçasida avtomobil portlaganini tasdiqlagan. Voqea joyiga Rossiya Tergov qömitasining poytaxt böyiça Boş tergov boşqarmasi tergov guruhi yetib borgan. Jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sankt-Peterburgning Puşkin tumanida avtomobil portlaşi oqibatida harbiy xizmatçi halok bölgandi. Hodisa ortidan qotillik fakti böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Live
Barchasi