Ispaniya portlaş va otişma: politsiyaçi halok böldi, bir neça kişi jarohatlandi (video)
Olam
−
17:33 275 2 daqiqa
Bugun, 10 noyabr kuni Ispaniya şimolidagi Ovedo şahrida qölbola qurilmaning portlaşi oqibatida Milliy politsiya xodimi halok böldi, yana bir xodim oğir jarohat oldi. Hodisa huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari Vilyafriya tumanidagi otişma haqidagi çaqiruv böyiça yetib borganidan söng yuz bergan. Bu haqda Milliy politsiya vakili Pedro Aguadoga tayanib, “Europa Press” xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, ertalab bir erkak oilaviy nizo fonida 17 yoşli qizga öq uzgan. Jabrlanuvçining otasi uni şifoxonaga şaxsan özi olib borişga uringan, guvohlar esa politsiyani çaqirgan.
Voqea joyiga yetib borgan politsiyaçilar binoning kiriş qismida içida “miltillab turgan çiroği” bölgan şubhali ryukzakni topgan. Aholi xavfsizligini ta’minlaş maqsadida buyum köçaga olib çiqilgan. TEDAX otryadi sapyorlari va kinologlar tomonidan közdan keçirilayotgan vaqtda qurilma portlagan. Oqibatda kinologiya xizmatining 60 yoşli kiçik inspektori Xuanxo halok bölgan, TEDAX’ning 53 yoşli xodimi esa oyoğidan ayrilgan.
Jabrlangan qizning özi Asturiya Markaziy şifoxonasiga olib borilgan. Uning ahvoli yaxşi ekani aytilmoqda. Otişmada va portlovçi qurilmani örnatişda gumonlanayotgan şaxs yaşiringan. Uni qidiriş işlari davom etmoqda. Bombani harakatga keltirişning aniq usuli hozirça aniqlanmagan.
Eslatib ötamiz, 7 noyabr kuni qurollangan 24 yoşli erkak maşinada Krakovning Boş bozor maydoniga uçib kirgan va yölovçilarga qarata öt oçgan edi. Otişma oqibatida olti kişi halok böldi, 16 kişi, şu jumladan ikki nafar politsiyaçi jarohat oldi. Otişma sodir etgan şaxs politsiya bilan otişmada yaralanib, oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan edi.
Tekşiruv davomida Mixal Oksinskiy öz oilasining uç a’zosini ham öldirgani ma’lum böldi. Ostrovets-Sventokşiskiy şahridagi xonadonda uning ota-onasi va singlisining jasadi topilgan.
Polşa Boş vaziri Donald Tusk sodir bölgan voqeani terakt deb atadi. Prezident Karol Navrotskiyning qarori bilan mamlakatda 8 va 9 noyabr kunlari milliy motam deb e’lon qilindi. Krakovda esa motam 11 noyabrgaça davom etadi.
Live
Barchasi