Xayriya fondi rahbari falastinliklar uchun yig‘ilgan pulga o‘ziga uy sotib olganlikda ayblanmoqda
Olam
−
16 noyabr
28023Qozog‘istondagi “Biz Birgemiz” (“Biz birgamiz”) xayriya jamg‘armasi sobiq rahbari Perizat Qayrat Falastin aholisiga yordam berish uchun yig‘ilgan mablag‘lar evaziga qimmatbaho xonadon sotib olganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Kapital.kz” xabar berdi.
“Ayni holat bo‘yicha Perizat Q. 200 million tengeden ortiq (400 ming dollar) mablag‘ni o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Tergov ma’lumotiga ko‘ra, mablag‘ o‘tgan yilning noyabr oyida yig‘ilgan. Ushbu pullar evaziga Qayrat taxminan 98 ming dollar evaziga qimmatbaho kvartira sotib olgan. Shuningdek, sobiq rahbar o‘zlashtirilgan mablag‘larga 60 ming dollarlik Mercedes avtomobili va BAAga sayohati davomida mashhur brendlarning qimmatbaho buyumlarini xarid qilgan.
U joriy yilning 14 noyabr kuni Qozog‘istondagi bahorgi toshqinlardan jabr ko‘rganlarga yordam sifatida jamg‘arma tomonidan yig‘ilgan taxminan 3 million dollarni o‘zlashtirganlikda gumon qilinib hibsga olingan. Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligiga ko‘ra, u ushbu mablag‘larni o‘z manfaatlari uchun sarflagan. Chet eldagi elita dam olish maskanlariga borish, qimmatbaho avtomobillar va ko‘chmas mulk xarid qilish shular jumlasidan.
LiveBarchasi