“Foyda keltirgan bölardi”. Töqayev Rossiyani TDTga qöşişni taklif qildi
Olam
−
14:55 2138 3 daqiqa
Bugun, 30 oktyabr kuni Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammitida Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Rossiya bilan aloqalarni kengaytiriş tarafdori ekanini bildirdi va nima uçun uning birlaşmadagi iştiroki barça mamlakatlar uçun foydali bölişi mumkinligini aytdi. Bu haqda Oq örda xabar berdi.
Qayd etilişiça, Qosim-Jomart Töqayev hamkorlikni yanada mustahkamlaş uçun “Turkiy davlatlar taşkiloti +” formatini işga soliş muhimligini ta’kidlagan.
“Taşkilotimiz obrösini oşiriş maqsadida Rossiyaning niyatiga ijobiy munosabatda böliş va unga uşbu formatga qöşilişni yoki TDT faoliyatida kuzatuvçi sifatida iştirok etişni taklif qiliş töğri va adolatli qaror bölar edi.
Rossiya yirik davlat sifatida asrlar davomida turkiy dunyo bilan yaqin aloqalarni saqlab kelmoqda. Uşbu mamlakat hududida tarixan köplab turkiy xalqlar vakillari istiqomat qiladi. Hozirgi vaqtda Rossiya “Oltoy – turkiy sivilizatsiya beşigi” loyihasini ilgari surmoqda va Qozoğiston buni qöllab-quvvatlaydi. Rus tilidagi juda köp sözlar turkiy kelib çiqişga ega.
Umuman olganda, agar Rossiya turkiy mamlakatlarning, ya’ni taşkilotimizning bir qismiga aylansa, bu barça davlatlarimizga foyda keltirgan bölardi”, deydi Prezident.
Şuningdek, Qozoğiston Prezidenti Turkiy davlatlar taşkilotining institutsional tuzilmasini mustahkamlaşga ustuvor ahamiyat qaratiş zarurligini ta’kidlagan.
“Sönggi yillarda TDTning faoliyat sohasi sezilarli darajada kengayib, allaqaçon 60 ta turli yönalişni qamrab olmoqda. Şu bilan birga, ba’zi funksiyalar bir-birini takrorlayotgani ayon. Şundan kelib çiqib, biz birgalikdagi işlarning asosiy yönalişlarini belgilab olişimiz kerak. Umuman olganda, oldimizda turgan vazifa va ustuvorliklarni tizimlaştiriş zarur. Bundan taşqari, taşkilotimiz doirasida oliy darajada imzolangan şartnomalar qoidalarini buzişga yöl qöyilmasligini ta’kidlab ötmoqçiman.
Şuningdek, TDT huzurida Doimiy vakillar kengaşini tuziş zarurligini yana bir bor qayd etişni muhim deb hisoblayman. Joriy yilning may oyida Turkiston şahrida bölib ötgan yuqori darajadagi uçraşuvda men Turkiy davlatlar taşkiloti harbiy alyans emasligini va kelajakda ham harbiy alyansga aylanmasligi kerakligini ma’lum qilgan edim. Bu – Qozoğistonning pozitsiyasidir”, deydi Qosim-Jomart Töqayev.
Qozoğiston rahbari öz nutqi yakunida qozoqlarning “Baraka – birlikda, tökinlik – ahillikda” maqolini eslatib, umumiy maqsadlarga erişiş yölida sa’y-harakatlarni birlaştiriş muhimligini ta’kidlagan.
“Bugungi uçraşuv TDT faoliyatiga yangi sur’at bağişlaşiga va hamkorligimizni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişiga işonaman. Şu munosabat bilan alohida ta’kidlaşni istardimki, ötgan yildan beri Taşkilotga raislik qilayotgan Ozarbayjon uning obrösini oşirişga beqiyos hissa qöşdi. Ozarbayjon tomoniga minnatdorlik bildiraman.
Endi raislik Turkiyaga ötmoqda. Işonçim komilki, oldindagi davrda Taşkilot doirasida yangi taşabbuslar amalga oşiriladi. Qubaniçbek Ömuraliyevga amalga oşirilgan işlar uçun minnatdorlik bildiraman va yangi Boş kotib Mirvohid Azimovga muvaffaqiyatlar tilayman. Sammitni yuqori darajada ötkazgani uçun Turkiya Respublikasi Prezidentiga yana bir bor minnatdorlik bildiraman. Turkiy xalqlar birligi mustahkamlansin”, deydi Qozoğiston Prezidenti.
Live
Barchasi