Rossiyada harbiy samolyot halokatga uçradi. 17 kişi halok böldi

Olam

−

image

Bugun, 17 noyabr kuni Rossiyaning Kemerovo viloyati Yagunovo qişloği yaqinida An-12 harbiy-transport samolyoti quladi. Hodisa oqibatida 17 kişi halok böldi. Bu haqda öz manbasiga tayanib, REN TV xabar berdi. 

“Kemerovo viloyatining Yagunovo qişloği hududida “aviatsiya hodisasi” yuz bergan, uning tafsilotlariga aniqlik kiritilmoqda. Voqea joyiga yöl oldim. U yerda tezkor xizmatlar iş olib bormoqda. Viloyat tomonidan zarur yordam körsatilmoqda”, deydi viloyat gubernatori Ilya Seredyuk. 

“112” Telegram-kanali ma’lumotlariga köra, qulagan samolyot An-12 harbiy-transport samolyoti bölgan. Uning xabariga köra, butun ekipaj halok bölgan.

“Mash” ma’lumotlariga köra, samolyot bortida 13 kişi bölgan bölişi mumkin. “Baza” esa uç kişi halok bölgani haqida xabar bermoqda. Samolyot halokatining ehtimoliy sabablari aytilmayapti. Guvohlarning sözlariga köra, samolyot havoda yonib ketgan, şundan söng keskin pastga şönğigan va qulaganda portlab ketgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Florida ştatidagi Palm-Biç okrugida xususiy samolyot turar joylar joylaşgan hududga qulagan edi. Oqibatda bortdagi 9 kişining barçasi halok bölgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing