Rossiya NATOdan Markaziy Osiyodagi harbiy faoliyatini töxtatişni talab qildi – NYT
Olam
−
17:44 499 4 daqiqa
Rossiya Ukrainadagi uruşni yakunlaş böyiça özining muzokaralar pozitsiyasiga NATO davlatlarining Markaziy Osiyodagi “har qanday harbiy faoliyati”dan voz keçişi töğrisidagi talabni kiritdi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Qayd etilişiça, gazeta ixtiyoriga Rossiya vakillari Abu-Dabida Amerika va Ukraina delegatsiyalari bilan ötkazilgan muzokaralar çoğida topşirgan norasmiy hujjat kelib tuşgan.
Talab nafaqat Markaziy Osiyoga, balki Ukraina, Şarqiy Yevropaning boşqa davlatlari va Janubiy Kavkazga ham taalluqli. Bundan taşqari, Moskva NATOning yanada kengayişini töxtatişni talab qilmoqda.
“Şu orqali Kreml Şimoliy Atlantika alyansining harbiy faoliyatini Ukraina çegaralaridan ança uzoqda, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida ham çeklaşga erişmoqçi”, deyiladi xabarda.
Naşrning yozişiça, Moskvaning hozirgi pozitsiyasi Rossiya Ukrainaga keng kölamli bosqinni boşlaşdan oldin ilgari surgan talablarni deyarli takrorlaydi.
Ma’lumot uçun, 2021 yil 17 dekabrda Rossiya TIV NATO davlatlari bilan xavfsizlik kafolatlari töğrisidagi kelişuv loyihasini e’lon qilgan. Hujjatning 7-moddasida alyans mamlakatlarining “Ukraina, şuningdek, Şarqiy Yevropa, Kavkazorti va Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari hududida har qanday harbiy faoliyat yuritişdan” voz keçiş majburiyatini mustahkamlab qöyiş taklif etilgan.
Şu bilan birga, uşbu ta’rif nafaqat harbiy bazalarni joylaştirişga, balki NATO davlatlarining sanab ötilgan mintaqalardagi har qanday harbiy faoliyatiga ham daxldor.
“The New York Times” ma’lumotlariga köra, Abu-Dabidagi muzokaralar paytida Rossiya vakillari uruşdan keyingi tartibning ehtimoliy modeli sifatida sovuq uruş davridagi Yevropa tuzilişini misol qilib keltirgan.
Ular Yevropaning Amerika va Sovet ta’sir doiralariga bölinişi, şuningdek, öşa paytda qarama-qarşi bloklar örtasida mavjud bölgan kelişuvlar va aloqa kanallari töğridan töğri harbiy töqnaşuv xavfini kamaytirişga imkon berganini ta’kidlagan.
Biroq Amerika naşri tayanayotgan uşbu yondaşuv tanqidçilari Vaşington amalda Vladimir Putinga Şarqiy Yevropadan Markaziy Osiyogaça bölgan sovet namunasidagi ta’sir doirasini tiklaşga yordam berişi mumkinligidan xavotirda.
Moskva yana qanday talablarni ilgari surdi?
Rossiya Markaziy Osiyo va boşqa mintaqalarda NATOning harbiy faoliyatini çeklaşdan taşqari, alyans qöşinlari va harbiy bazalarini 1997 yilgi – NATOning şarqqa tomon kengayişi boşlanişidan oldingi pozitsiyalariga qaytarişni talab qilmoqda. Moskva, şuningdek, Ukrainaga Ğarb qurol-yaroğlari va harbiy texnikasini yetkazib berişni töliq töxtatişni talab etyapti.
Alohida şart Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga ehtimoliy a’zo bölişiga tegişli. Rossiya tomoni mamlakatning YeIga a’zoligiga faqat Kiyev birlaşmaning umumiy mudofaa siyosatida iştirok etmagan taqdirdagina rozi bölişga tayyor.
Yana bir talab Buyuk Britaniya va Fransiyaga qaratilgan. Moskva pozitsiyasiga köra, uşbu davlatlar boşqa Yevropa davlatlarini himoya qiliş uçun öz yadroviy qurollaridan foydalaniş imkoniyatini istisno qilişlari kerak.
“The New York Times” tanişib çiqqan hujjat joriy yilning 10 noyabr sanasi bilan qayd etilgan. Unda rasmiy blanka va imzo mavjud emas.
Gap tomonlardan birining muzokaralar pozitsiyasi bayon etilgan norasmiy diplomatik hujjat – non-paper haqida bormoqda. U kelişilgan tinçlik rejasi yoki yuridik jihatdan majburiy kelişuv hisoblanmaydi.
NYT hujjatni muzokaralarda iştirok etgan şaxsdan olgan. Yana bir xabardor suhbatdoş uning haqiqiyligini tasdiqlagan. Naşr manbalarining sözlariga köra, Rossiya vakillari bayon etilgan talablar muzokaralarning boşlanğiç pozitsiyasi ekanligini bildirgan. Şu bilan birga, Vladimir Putin ayrim masalalar böyiça hali moslaşuvçanlik körsatişi mumkin.
“The New York Times” gazetasining Amerika ma’muriyatidagi manbasiga köra, AQŞ muzokaraçilari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner Rossiya tomoniga 2021 yil dekabridan buyon xalqaro vaziyat sezilarli darajada özgarganini eslatgan. Ular agar Moskvaning yangi takliflari Rossiya tomonidan keskinlikni pasaytiriş böyiça aniq qadamlarni nazarda tutsa, ularni körib çiqişga tayyor ekanliklarini bildirgan. Vladimir Putinning vakili Amerika naşriga hujjat yuzasidan izoh berişdan boş tortgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti boş kotibi Taalatbek Masadikov sönggi paytlarda Ğarb mamlakatlari vakillari Markaziy Osiyo respublikalari rahbariyatiga öz hududlarida harbiy bazalarni joylaştiriş böyiça iltimoslar bilan tez-tez murojaat qilayotganini aytgan edi.
Live
Barchasi