Estoniya Rossiya bilan çegarani yopadi
Olam
−
16:36 218 2 daqiqa
Estoniya Rossiya bilan çegaradagi barça nazorat-ötkaziş punktlarini yopadi. Bu haqda respublika Taşqi işlar vaziri Margus Saxkna özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida bayonot berdi.
“Estoniya 1 dekabrdan Estoniya-Rossiya çegarasidagi barça punktlarni yopadi”, deb yozdi Saxkna.
Mamlakat taşqi siyosiy idorasi rahbari bu çoralarni joriy yilning 14 noyabriga ötar keçasi Estoniya mudofaa kompaniyasiga qilingan “diversion hujum” bilan boğlagan.
Vazir öz qarori haqida finlandiyalik, latviyalik va litvalik mavqedoşlariga ma’lum qilganini ham bildirgan.
Mixal 14 noyabrga ötar keçasi Rossiya Boş razvedka boşqarmasi tomonidan Threod Systems mudofaa kompaniyasiga qarşi diversiyaga uriniş bölganini bildirgan. Estoniya Boş vaziri bu voqeani Yevropaga qarşi “keng kölamli gibrid uruş”ning bir qismi deb atagan.
Mamlakat boş prokurori Astrid Asi diversiyaga aloqadorlikda gumonlanib, Latviyaning sakkiz nafar fuqarosi qölga olinganini ma’lum qilgan.
Hozirgi vaqtda Rossiya-Estoniya çegarasida uçta asosiy ötkaziş punkti – “Narva”, “Luxamaa” va “Koydula” oçiq (iş vaqti 07:00 dan 19:00 gaça qisqartirilgan), avgust oyida çeklovlar muddatsiz uzaytirilgan.
Estoniya Içki işlar vaziri Igor Taro bu çorani Rossiya va Ittifoq örtasidagi munosabatlardagi keskin vaziyat, şuningdek, çegarada nazoratni kuçaytiriş zarurati bilan izohlagan.
Ma’lumot uçun, Threod Systems – 2012 yilda taşkil etilgan Estoniya kompaniyasi. U dronlar, havo razvedkasi va kuzatuv tizimlarini, şuningdek, nişonlarni aniqlaş va kuzatiş uçun uskunalarni işlab çiqadi va işlab çiqaradi. Threod Systems mahsulotlari 32 mamlakatda, şu jumladan, Ukraina va NATO davlatlarida işlatiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Boltiqböyi mudofaa hududini taşkil etiş doirasida Estoniyaning Ida-Viru okrugida 150 ga yaqin bunker quriş rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgan edi. Ulardan 100 tasi davlat yerlarida, 50 ga yaqini esa munitsipal yoki xususiy yerlarda joylaştiriladi.
Live
Barchasi