Puşkinning maktab darsligidagi şe’ri qirqib taşlandi

Olam

−

image

Rossiyada 3-sinflar uçun möljallangan “Adabiy öqiş” darsligida Aleksandr Puşkinning “Qişki oqşom” şe’ri şoir enagasiga “alamdan içiş”ni taklif qilgan jumlasisiz çop etildi. Uşbu qisqartirişga “Fontanka” naşrining öquvçisi e’tibor qaratgan.

Qayd etilişiça, öquv qöllanmasiga quyidagi satrlar kiritilmagan: “Vipem, dobraya podrujka/ Bednoy yunosti moyey, / Vipem s gorya; gde je krujka? / Serdsu budet veseley” (“Içaylik, noçor yoşligimning mehribon dösti, / Alamdan içaylik, krujka qani? / Köngil biroz yoziladi”). Gap 2023 yilda naşr etilgan va boşlanğiç umumiy ta’limning federal dasturiga kiritilgan “Adabiy öqiş. 1–4-sinflar” turkumidagi darslik haqida bormoqda.

Muştariyning sözlariga köra, farzandiga şe’rni yodlaş vazifasi berilgan.

“Şu iboraga kelganda, öğlim darslikda bu narsa yöqligini isbotlay boşladi”. Darslikni olib keliş uçun maşinaga bordik va haqiqatan ham şunday ekan. Endi Puşkin avvalgidek emas”, deydi naşr öquvçisi. 

“Prosveeniye” naşriyoti bolalar uçun darsliklar tayyorlaşda “Bolalarni ularning soğliği va rivojlanişiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisida”gi qonun talablari inobatga olinganini ma’lum qilgan. Naşriyotga köra, voyaga yetmaganlar orasida “ularda spirtli içimliklarni iste’mol qiliş istagini uyğotişga qodir bölgan” ma’lumotlarni tarqatiş taqiqlangan.

Ma’lumot uçun, Puşkin “Qişki oqşom” şe’rini 1825 yilda Pskov guberniyasidagi Mixaylovskoye mulkida surgunda bölgan paytida yozgan. Şe’r uning enagasi – Arina Rodionovnaga bağişlangan. Asar ilk bor 1829 yilda naşr etilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing