Özbekistonliklardan Qozoğistonga kirişda elektron ruxsatnoma söraş boşlandi
Olam
−
14:24 750 2 daqiqa
Qozoğistonga vizasiz safar qiliş huquqiga ega bölgan davlatlar fuqarolari uçun keça, 1 noyabrdan QazETA elektron ruxsatnomalar tizimini joriy etiş boşlandi. Uşbu yangilik Özbekiston fuqarolariga ham tegişli. Bu haqda Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi ma’lum qildi.
Hozirça ruxsatnoma oliş majburiy emas. Bu talab 2027 yil 1 iyuldan kuçga kiradi. Tizimni joriy etiş Qozoğiston hukumatining 2026 yil 10 oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan bölib, hujjatlar davlatning raqamli platformasi orqali rasmiylaştiriladi.
2026 yil 1 noyabrdan boşlangan dastlabki bosqiçda QazETA ruxsatnomasi bölmagani uçun fuqarolarning mamlakatga kirişi rad etilmaydi. Çegara xizmati xodimlari safarçilardan ruxsatnoma bor-yöqligini söraydi va uni oliş tartibini tuşuntiradi.
Elektron ruxsatnomani qanday oliş mumkin?
QazETA rasmiylaştiriş uçun QazETA.kz veb-sayti yoki maxsus mobil ilova orqali murojaat qiliş mumkin. Dastlab röyxatdan ötiş va pasport ma’lumotlari asosida şaxsni tasdiqlaş talab etiladi. Keyin safarga oid ma’lumotlar kiritilib, elektron ariza yuboriladi. Ariza ma’qullangaç, ruxsatnoma elektron şaklda taqdim etiladi.
Ruxsatnoma oliş uçun tölov undirilmaydi. Biroq ariza Qozoğistonga borişdan kamida 72 soat oldin topşirilişi kerak. Elektron hujjat 180 kun davomida amal qiladi. Bu muddat mamlakatda qoliş uçun ruxsat etilgan davrni uzaytirmaydi.
Qaysi fuqarolar ruxsatnoma olişdan ozod qilinadi?
QazETA talablari 16 yoşga tölmagan bolalar, 65 yoşdan oşgan fuqarolar va Qozoğistonda yaşaş guvohnomasiga ega şaxslarga tatbiq etilmaydi. Bundan taşqari, diplomatlar, rasmiy delegatsiya vakillari, xalqaro taşkilotlar xodimlari, havo va dengiz kemalari ekipajlari, poyezd brigadalari, qoçqinlar hamda boşpana izlovçilarning ayrim toifalari ham ruxsatnoma rasmiylaştirişdan ozod etilgan.
Tizim qaysi çegara punktlarida işlaydi?
QazETA böyiça tekşiruvlar 1 noyabrdan Oqtov aeroporti va törtta avtomobil çegara-ötkaziş punktida boşlanadi. Ular quyidagilar:
- Pavlodar viloyatidagi “Urlyutobe”;
- Jambil viloyatidagi “Auxatti”;
- Turkiston viloyatidagi “Atameken”;
- Jetisu viloyatidagi “Nurli Jol”.
2027 yil 1 yanvardan tizim Ostona va Olmaota aeroportlarida ham işga tuşiriladi. Şu yil 1 martdan esa qolgan çegara ötkaziş punktlarida ham joriy etiladi.
Qozoğiston çegarasidan ötiş vaqtida elektron ruxsatnoma olişda foydalanilgan pasportni körsatiş talab etiladi. Şu bilan birga, QazETA mavjudligi mamlakatga kirişni kafolatlamaydi. Çegaradan ötkaziş böyiça yakuniy qarorni vakolatli organ qabul qiladi.
Live
Barchasi01 Noyabr