O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy savdoni soddalashtirish bitimiga qo‘shildi
Jamiyat
−
16 noyabr
1945Joriy yilning 5 noyabr kuni O‘zbekiston “Osiyo va Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy qog‘ozsiz savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi hadli bitim”ning rasmiy a’zosiga aylandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, BMTning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha iqtisodiy-ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan 2016 yilda qabul qilingan ushbu hujjat elektron savdo hujjatlarini o‘zaro tan olish uchun shart-sharoitlar yaratishga hamda milliy va submintaqaviy tizimlarning operatsion muvofiqligini oshirishga qaratilgan.
Hujjat O‘zbekiston uchun 2025 yil 3 fevraldan kuchga kiradi. Bugungi kunga qadar ushbu bitimga rasman 14 ta davlat qo‘shilgan.
Ushbu Hadli bitimning asosiy maqsadi elektron shakldagi savdo hujjatlari va ma’lumotlarini o‘zaro tan olish va almashish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, milliy va submintaqaviy tizimlarning operatsion muvofiqligini oshirishga ko‘maklashish orqali qog‘ozsiz transchegaraviy savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish hisoblanadi.
O‘zbekistonning ushbu hujjatga qo‘shilishi mamlakatning qog‘ozsiz savdo xalqaro tizimiga integratsiyalashuvi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi do‘st davlatlar bilan eksport-import operatsiyalarini jadallashtirish va soddalashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi O‘zbekistonda bitimni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
LiveBarchasi