Yangi hafta boshida yomg‘ir, qor yog‘adi
Jamiyat
−
16 noyabr
45154O‘zgidromet 18-20 noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 19-20 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19-20 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-19 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19-20 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 14-19 daraja, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 18 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 18 noyabrda 14-19 daraja, 19-20 noyabrda 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 18-19 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 noyabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja, 19-20 noyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq va 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi