Tokio-2020. O‘zbekistonlik atlet finalga yo‘l oldi!

Sport 14844
image
-

Tokio-2020 Olimpiadasida yengil atletika bahslari davom etmoqda. Bugun, 5 avgust kuni o‘zbekistonlik atlet Safina Sadullayeva saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, final dasturida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Balandlikka sakrash yo‘nalishida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sadullayeva 1,95 metr balandlikdan o‘ta oldi. Umuman olganda, “A” va “B” guruhlarida ishtirok etgan atletlardan 14 ishtirokchiga 1,95 metrdan o‘tish nasib qildi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu dasturda qatnashgan boshqa bir o‘zbekistonlik sportchi Svetlana Radzivil 1,90 metr bilan saralashda qolib ketdi.

Ushbu yo‘nalishning final bahslari 7 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:35 da boshlanadi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 712
Reyting: 2.9
t
×