Toshkentda Lacetti va Spark ishtirokida YTH yuz berdi
3-sahifa
−
26 aprel 2024 4024 1 daqiqa
Toshkent shahri Yashnobod tumanida Lacetti va Spark avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Kecha, 25 aprel kuni soat 21:00 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida 2 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Gap shundaki, 1966 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti va 2001 yilda tug‘ilgan S.E. boshqaruvida bo‘lgan Spark avtomashinalari ishtirokida YTH sodir etilgan.
Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 22 aprel kuni Andijonda Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi 62 yoshli ayolni urib yuborgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025