Toşkentda ikki fuqaroning uyidan 1,4 kg narkotik topildi
3-sahifa
−
09:12 225 2 daqiqa
Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida ikki fuqaroning yaşaş xonadonidan 1 kilogramm 400 gramm giyohvandlik va sintetik moddalar aniqlandi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, holat Toşkent şahar IIBB Tezkor-qidiruv xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahri böyiça boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan.
Dastlab, 1995 yilda tuğilgan Otajonovning yaşaş xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Tekşiruv davomida seyfdan turli körinişdagi moddalar solingan öramlar, qadoqlaş uçun möljallangan rangli izolenta, zip-paketlar va elektron tarozi topilgan.
Tezkor tadbirning navbatdagi manzili ham Mirzo Uluğbek tumanidagi Iqtidor mahallasi bölgan. Bu yerda 1996 yilda tuğilgan Muhammadiyevning uyidagi omborxonadan turli körinişdagi kukunsimon va toşsimon moddalar, zip-paketlar hamda elektron tarozi aniqlangan.
Ikki manzildan topilgan jami 1 kilogramm 400 gramm giyohvandlik va sintetik moddalar aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirilib, ularning noqonuniy muomalasiga çek qöyilgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilarga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Şofirkon tumanida yaşovçi fuqaroning uyi poydevori ostidan 2 kg 875 gramm “marixuana” topilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr