Töy kortejida “tomoşa körsatgan” haydovçilar jazolandi (video)

3-sahifa

−

image

Toşkent viloyatining Qibray tumanida töy kortejida avtomobil yölini tösib, ilonizi şaklida harakatlangan haydovçilardan biri 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda töy marosimi vaqtida yöl harakati qoidalari buzilgani aks etgan videolar tarqalgan. YPX xodimlari tasvirlarni örganib, huquqbuzarliklar Qibray tumanida sodir etilganini aniqlagan.

Qöşimça suriştiruvlar davomida jami 8 nafar haydovçi aniqlangan. Ulardan 3 nafari guruh bölib harakatlangani uçun ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Qolgan 5 nafar haydovçiga esa avtomobil yölini qasddan tösiş va ilonizi şaklida harakatlanib, transport vositasidagi yölovçilar hayotini xavf ostiga qöyiş bilan boğliq huquqbuzarliklar böyiça bayonnoma rasmiylaştirilgan. Ularning işlari körib çiqiş uçun jinoyat işlari böyiça Qibray tuman sudiga yuborilgan.

Sud majlisida huquqbuzarlarning tuşuntirişlari tinglanib, sodir etilgan qoidabuzarliklar oqibatlari muhokama qilingan. Yakunda 4 nafar haydovçi 1 yil muddatga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etilib, qöşimça ravişda 25 BHM miqdorida jarimaga tortilgan.

Şuningdek, haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan bir nafar şaxsga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Olmazor tumanida kelinni kuzatiş marosimida avtomobil yölining qatnov qismini tösib, jamoat tartibini buzgan 8 nafar fuqaro 7 sutka ma’muriy qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing