“Yölni tösib, ozgina öyin-kulgi qildik”. Kuyovjöralar 7 sutkaga qamaldi (video)
3-sahifa
−
17:21 608 2 daqiqa
Toşkent şahrining Olmazor tumanida kelinni kuzatiş marosimida avtomobil yölining qatnov qismini tösib, jamoat tartibini buzgan 8 nafar fuqaro 7 sutka ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, holat Gulsaroy köçasida sodir bölgan. Bu haqda sud qarori yuzasidan e’lon qilingan videolavhada ma’lum qilindi.
Aniqlanişiça, 8 nafar fuqaro avtomobil yölining qatnov qismida harakatlanişga tösqinlik qilib, jamoat tartibi va yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimagan. Ular uşbu harakatlarini kelin kuzatiş vaqtida yuz bergan xursandçilik va hayajon bilan izohlagan.
Huquqbuzarlardan biri soat 16:00 atrofida kelinni uyidan olib çiqiş vaqtida hissiyotga berilib, yölni tösib qöyişganini aytgan. Boşqalari ham qilgan işlaridan puşaymon ekanini bildirib, bunday holat boşqa takrorlanmasligini ta’kidlagan.
Telegram messenjerida tarqalgan video yuzasidan suriştiruv olib borilib, holatga aloqador şaxslar aniqlangan. Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan huquqbuzarlik işi rasmiylaştirilib, sudga yuborilgan.
Sud qaroriga köra, 8 nafar fuqaroning har biriga 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Jazo muddatini hisoblaş keça, 3 noyabrdan boşlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Olot tumanida töy korteji yöl-transport hodisasiga uçragani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi