Toşkentda giyohvandlik moddalarini tarqatgan er-xotin uşlandi (video)
3-sahifa
−
10:06 704 2 daqiqa
Toşkent şahri va Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida 2 kilogramm “opiy” ekstrakti, 550 gramm “gaşiş” va 100 gramm “mefedron” musodara qilindi. Natijada aholi orasida 26 ming 300 doza giyohvandlik vositasi tarqatilişining oldi olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida bir neçta hududda tadbirlar ötkazilgan.
Dastlab, Sergeli tumanida Spark rusumli avtomobil orqali “zakladka” usulida giyohvandlik moddalarini tarqatib kelgan 1996 va 1999 yillarda tuğilgan er-xotin hamda ularning 2000 yilda tuğilgan şerigi qölga olingan. Ularning yonidan 50 ta alohida öramdagi gaşiş topilgan.
Şundan söng, jinoiy guruh a’zolarining Çilonzor tumanidagi ijara xonadoni tekşirilgan. U yerdan 450 gramm gaşiş, 100 gramm mefedron, 1 ming dona zip-paket va ikkita elektron tarozi aniqlangan.
Tezkor tadbirlar Toşkent viloyatining Qibray tumanida davom ettirilgan. U yerda avval talonçilik va firibgarlik jinoyatlari uçun sudlangan şaxsning “zakladçik” sifatida faoliyat yuritayotgani aniqlangan. U boşqaruvidagi avtomobil “Qoramurt” nazorat-ötkaziş punktida töxtatilib tekşirilganda, undan gaşiş topilgan.
Jinoiy zanjirning qolgan a’zolarini aniqlaş böyiça tadbirlar Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida ham ötkazilgan. Natijada internet-narkodökonni boşqarib kelgan, 1987 yilda tuğilgan şaxs hamda uning bir neça bor sudlangan şerigi aniqlangan.
Ularning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, ikkita plastik idişda 2 kilogramm opiy ekstrakti, 40 gramm gaşiş, elektron tarozi, giyohvandlik moddalarini tayyorlaş uçun möljallangan temir idiş va boşqa jihozlar topilgan.
Qayd etilişiça, musodara qilingan giyohvandlik moddalarining umumiy miqdori 550 gramm gaşiş, 100 gramm mefedron va 2 kilogramm opiy ekstraktini taşkil etgan.
Bildirilişiça, mazkur holatlar yuzasidan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvarloq Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida ikki fuqaroning yaşaş xonadonidan 1 kilogramm 400 gramm giyohvandlik va sintetik moddalar aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi