O‘zbekiston tabiiy gaz importini 2,4 barobarga oshirdi
Jamiyat
−
25 aprel
4603Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston o‘tgan yilga nisbatan 2,4 barobar (207,3 mln dollar)ga ko‘proq tabiiy gaz sotib oldi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘sish 2023 yil oktyabr oyida boshlangan Rossiya gazining importi hisobiga sodir bo‘lgan. Jumladan, 2024 yilning yanvar-mart oylaridagi gaz import qilish ko‘rsatkichlari:
- Yanvar – 35,6 million dollar;
- Fevral – 131,1 million dollar;
- Mart – 193,5 million dollar.
O‘z navbatida, bu davrda gaz eksporti 45,4 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan qiymat hisobida 2,5 foizga oshgan.
2024 yilning yanvar-mart oylaridagi gaz eksport qilish ko‘rsatkichlari:
- Yanvar – 21 million dollar;
- Fevral – 5,7 million dollar;
- Mart – 18,7 million dollar.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning iyun oyida O‘zbekiston "Gazprom" bilan yiliga 2,8 milliard kubometr – kuniga 9 million kubometr gaz sotib olish bo‘yicha ikki yillik shartnoma tuzgandi. Dekabr oyida Toshkentning iltimosiga binoan rus kompaniyasi gaz yetkazib berishni ikki baravarga oshirdi. Gaz Qozog‘iston hududi orqali tranzit holda "Markaziy Osiyo – Markaz" quvuri orqali yetkazib beriladi. 2026 yildan boshlab Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzit hajmi to‘rt baravarga oshib, yiliga 11 milliard kub metrgacha yetishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, "Gazprom" O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish haqida o‘ylamoqda. Kompaniya direktorlar kengashi bu masalani 6 may kuni ko‘rib chiqadi.
LiveBarchasi