“Afrosiyob” elektropoyezdi chiptalari narxi yana oshadi
Jamiyat
−
25 aprel
7166O‘zbekistonda joriy yilning 15 mayidan boshlab, "Afrosiyob" elektropoyezdlari uchun chiptalar narxi oshiriladi. Bu haqda "O‘zbekiston temiryo‘llari" kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Ma’lumki, temiryo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish maqsadida 15 maydan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlarining chiptalar narxlari ekonom klass uchun 20 foiz, biznes klass uchun 30 foiz va VIP klass vagonlari uchun 40 foizga oshadi", deyiladi xabarda.
Shu boisdan chiptalarning yangi narxlari quyidagicha bo‘ladi:
Toshkent – Buxoro (narxlar faqat bir tomon uchun)
- VIP 890 ming so‘m (hozir – 636 ming so‘m)
- Biznes 600 ming so‘m (462 ming so‘m)
- Ekonom 403 ming so‘m (336 ming so‘m)
Toshkent – Qarshi
- VIP 747 ming so‘m (534 ming so‘m)
- Biznes 507 ming so‘m (390 ming so‘m)
- Ekonom 338 ming so‘m (282 ming so‘m)
Toshkent – Samarqand
- VIP 554 ming so‘m (396 ming so‘m)
- Biznes 358 ming so‘m (276 ming so‘m)
- Ekonom 244 ming so‘m (204 ming so‘m).