Yarimta yo‘llanma jangi: Bugun O‘zbekiston Saudiyaga qarshi o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 26 aprel kuni futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining chorak final o‘yinlari start oladi. O‘zbekiston Olimpiya jamoasi mazkur bosqichda Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi.

O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni juftligi g‘olibi shu yili Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tkaziladigan Olimpiada yo‘llanmasi uchun katta qadam tashlaydi, ya’ni o‘yinda yutgan jamoa kamida Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi pley-off o‘yinida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Temur Kapadze shogirdlari Saudiyaga qarshi o‘yinda to‘liq oq libosda harakatlanadi. Bahsda zafar quchgan jamoa turnir yarim finalida Indoneziya bilan to‘qnash keladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni o‘yini soat 19:00 da boshlanadi. Bahsga Doha shahridagi “Khalifa International” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Saudiya Arabistoni Parij Indoneziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made