Andijonda Nexia-3 yo‘ldan kesib o‘tayotgan ayolni urib yubordi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 22 aprel kuni Asakada Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi 62 yoshli ayolni urib yubordi. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi matbuot kotibi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea Asaka tumani "Yangisor" MFY hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqa yo‘lining 116-kilometrida sodir bo‘lgan.

"Asaka tumani "Qayrag‘och" MFY da istiqomat qiluvchi, 1970 yilda tug‘ilgan X.I. o‘ziga tegishli Nexia-3 avtomobilida harakatlanayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan "Qumtepa" MFYda yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro F.I.ni urib yubordi", deyiladi xabarda.

YTH oqibatida jabrlanuvchi "bosh miya yopiq shikastlanishi va chap oyoq shilinma jarohati" bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing