Rossiya NATOga hujum qiladimi? Alyans va rus armiyasining imkoniyatlari taqqoslandi

Olam

image

Alyansda Rossiya armiyasiga qaraganda uch barobar ko‘p askar va samolyotlar bor. Bu haqda Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy so‘z ochdi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya har qanday NATO a’zosiga hujum qilsa, qaqshatqich mag‘lubiyatga uchrashi muqarrar.

“Alyansda Rossiyadan uch barobar ko‘p harbiy xizmatchilar, yana shu miqdordagi aviatsiya resurslari va to‘rt barobar ortiq kemalar mavjud”, degan Sikorskiy.

Vazirning ta’kidlashicha, safarbarlikning birinchi to‘lqinidan keyin Rossiya Federatsiyasida 1 million 300 mingdan sal ko‘proq harbiy xizmatchilar bor edi. NATO harbiy xizmatchilari qo‘shimcha safarbarliksiz uch yarim milliondan ortadi.

Polsha TIV rahbarining qo‘shimcha qilishicha, NATO va Yevropa Ittifoqi davlatlarining nominal yalpi ichki mahsuloti 45 trillion dollardan oshadi. Ayni paytda Rossiya va Belarusning umumiy yalpi ichki mahsuloti atigi 2,2 trillion dollar – undan 20 baravar kam.

Jumladan, 2022 yilda Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlayotgan o‘n besh NATO davlati mudofaa uchun 1,17 trillion dollardan ortiq mablag‘ sarflagan. Rossiya esa atigi 86,4 milliard dollar ishlatgan, bu qariyb 14 barobar kam mablag‘ degani.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya Al'yans

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing