Qashqadaryoda voyaga yetmagan qizga jinsiy tegajog‘lik qilindi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida bir yigitning voyaga yetmagan qizga jinsiy tegajog‘lik qilgani aks etgan video tarqalib, ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Bolalar ombudsmaniga joriy yilning 24 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro O.Yu.dan murojaat kelib tushgan.

Murojaatda Chiroqchi tumanida yashovchi voyaga yetmagan qiz B.B. (2006 yilda tug‘ilgan)ga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilinib, bu videoga olingani va tasvirni tarqatish bilan tahdid qilinayotgani bildirilgan.

Aniqlanishicha, 2023 yilning iyul oyida B.B.ga Sh.X. tomonidan jinsiy tegajog‘lik qilinib, bu holat boshqa shaxs J.M. tomonidan telefon orqali videotasvirga olingan. Keyinchalik J.M. videotasvirni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, qizdan tovlamachilik yo‘li bilan pul olgan, ammo shundan keyin ham videotasvirni tarqatish bilan tahdidni davom ettirib, tovlamachilik qilib kelgan.

Mazkur holat bo‘yicha B.B. (2006 yilda tug‘ilgan) 2024 yilning 30 mart kuniga kelibgina tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv doirasida sudga oid tibbiyot, kriminalistika va biologiya ekspertizalari tayinlangan.

Bosh prokuratura matbuot kotibiga ko‘ra, joriy yilning 8 aprel kuni Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 118-moddasi 1-qismi (Nomusga tegish) va 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyat ishi Qashqadaryo viloyati prokuraturasi nazoratida, Bolalar ombudsmani bu borada o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made