Yunusobod tumanidan premium xonadon izlayotganlar uchun yaxshi taklif!

Biznes

image

Yunusabad Residence geografik jihatdan qulay manzilda barpo etilgan. Toshkentning Yunusobod tumani poytaxtning ijtimoiy jihatdan ancha faol hududlaridan hisoblanadi. Yunusabad Residence shu tumanning 4-mavzesida joylashgan bo‘lib, bu shaharning eng baland nuqtalaridandir. Aytib o‘tish kerakki, aynan shu hududda Amerika Qo‘shma Shtatlari rasmiy elchixonasi mavjud.

Yunusabad Residence turarjoy majmuasi 2, 4 va 9 qavatli binolardan iborat bo‘lib, 2023 yilda foydalanishga topshirilgan. Majmua umumiy 434 ta xonadon, 85 ta kottejlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, barcha uylar zamonaviy talablar asosida, yuqori texnologiyalar yordamida barpo etilgan. Xonalarning shiftlari balandligi 3,5-4 metrga to‘g‘ri keladi.

Inshootga ichkaridan nazar solinsa, unda, yuqorida ta’kidlanganidek, inson turmush-tarzi va boshqa ko‘plab ehtiyojlarini qondirish uchun maksimal tarzda qulay sharoitlar taqdim etilgan. Xususan, avtoturargoh, elektromobillar uchun elektr quvvatlagichlar, savdo-ko‘ngilochar va kibersport markazlari, kinoteatrlar shular jumlasidandir. Sport bilan doimiy shug‘ullanish uchun ham sport-fitness zallari va yopiq basseyn tashkil etilgan. Bolajonlar uchun esa ikki xildagi: ochiq va yopiq o‘yingohlar mavjud. Hududda alohida kichik shaharcha muhiti yaratilgani e’tirofga loyiq.

Yunusabad Residence’da kvartiralar maydonlari quyidagicha:

1 xonali 38, 42, 45, 49 m2

2 xonali 52, 53, 54, 57, 64, 66, 72 m2

3 xonali 90, 91, 92, 101 m2

4 xonali 106, 107, 126 m2

Majmuadan xonadon sotib olishning bir nechta yo‘llari mavjud: mijozlar 100% to‘lov yoki oldindan 30% to‘lov qilgan holda, 6-24 oylik foizsiz muddatli to‘lov asosida xonadonlarni sotib olishlari mumkin. Alohida qo‘shimcha qilish kerakki, uylardagi kadastr masalalari mijozlar uchun avvaldan hal qilingan. Uylar mijozga oq-suvoq holatda topshiriladi.

Xulosa qilib aytganda, Yunusabad Residence mijozlariga faqatgina xonadon emas, baxt va omad kalitlarini tutqazishni istaydi, eng yorqin va baxtli lahzalarni birgalikda o‘tkazishni taklif qiladi. Buning uchun yetarli sharoit va imkoniyatlar mavjud.

Siz ham eng baxtli va farovon onlarni Yunusabad Residence bilan o‘tkazing.

Mavjud xonadonlar va sotib olish shartlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun savdo bo‘limiga murojaat qiling.

To‘liq ma’lumot olish uchun biz bilan bog‘laning  +998 55 512 22 22

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring yuresidence.uz

Yunusobod tumani, 4-mavze, 88. Mo‘ljal: AQSH elchixonasi.

 Instagram | Telegram | Youtube

       Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing