AQSH ikki Afrika mamlakatidan qo‘shinlarini olib chiqadi
Olam
−
26 aprel
6030Niger va Chaddan amerikalik harbiylarning asosiy qismi olib chiqiladi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder ma’lum qildi.
Rayderning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtinchalik chora. Nigerda 1000 nafar, Chadda esa 100 nafar amerikalik askar bor.
“Chad rasmiylari bilan muzokaralar davom etar ekan, Qo‘shma Shtatlar Chaddan Amerika harbiy kuchlarining bir qismini qayta joylashtirishni rejalashtirmoqda, ularning bir qismi allaqachon mamlakatni tark etishi kerak edi. Bu bizning xavfsizlik sohasidagi hamkorligimizni ko‘rib chiqish doirasidagi vaqtinchalik qadamdir”, deb tushuntirgan Rayder.
AQSH Davlat departamentining ma’lum qilishicha, AQSH va Niger rasmiylari 25 aprel kuni Niger poytaxti Niameyda AQSH qo‘shinlarini tartibli va mas’uliyat bilan olib chiqib ketish bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun uchrashgan.
Ular kelasi hafta harbiylarni olib chiqish jarayonini muvofiqlashtirishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Nigerda AQSHning yirik havo bazasi joylashgan. U Agades shahrida (poytaxtdan taxminan 920 km uzoqlikda) joylashgan va boshqa narsalar qatorida boshqariladigan va uchuvchisiz kuzatuv parvozlari uchun ham foydalaniladi.
Mart oyida Niger hukumati AQSH bilan harbiy hamkorlik shartnomasini bekor qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya tinchlikparvar kuchlari Ozarbayjon tarkibidagi Tog‘li Qorabog‘ hududidan chiqib keta boshlagani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi