Pentagon noma’lum uçar jismlar haqidagi yangi hujjatlarni e’lon qildi

Olam

−

visibility145 timer2 daqiqa

image

AQŞ Mudofaa vazirligi joriy yilning 20 noyabr kuni noma’lum anomal hodisalarga oid maxfiylikdan çiqarilgan materiallarning sakkizinçi töplamini e’lon qildi. Unga 43 ta fayl: 40 ta hujjat va uçta videoyozuv kiritilgan.

Idora ma’lumotlariga köra, videoroliklarning bir qismi Yaqin Şarqda suratga olingan. 2020 yilgi yozuvda noma’lum ob’ekt tanker yoki aviataşuvçi kemaga öxşaş kema fonida uçib ötadi, tasvirning aniq joyi oşkor etilmagan. 2026 yil yanvar oyida olingan boşqa bir videoda esa harakatlanayotgan bir neçta ob’ektni köriş mumkin. 2020 yilga oid yana bir yozuv 20 soniya davom etadi va Amerika harbiy platformasidagi infraqizil sensor orqali olingan: unda ob’ekt öngdan çapga qarab harakatlanadi, şundan söng kamera uni kuzatiş uçun yönalişi va masştabini özgartiradi.

Hujjatlardagi eng maşhur voqealardan biri 1957 yil noyabr oyida Texas ştatining Levellend şahri yaqinida sodir bölgan. Bir neça kişi bir-biridan mustaqil ravişda osmonda yorqin oval yoki yumaloq şakldagi ob’ektlarni körgani haqida xabar bergan. Şu bilan bir vaqtda ularning ayrimlarida avtomobillar işlamay qolgan: dvigatellar öçib qolgan, öt oldiriş tizimi, faralar va radio işdan çiqqan. AQŞ Harbiy-havo kuçlari bunday holatlarning oltitasini batafsil örganib çiqqan. Voqea oşkor bölgaç, bir neça kun içida yuzlab şunga öxşaş xabarlar kelib tuşgan. Harbiylar eng ehtimoliy izoh sifatida noyob atmosfera hodisasini, ehtimol, şarsimon çaqmoqlarni körsatgan, özga sayyoralik apparatlarning izlari esa topilmagan.

Yangi materiallarda Yaponiya yaqinida noma’lum ob’ektga duç kelgan amerikalik harbiy uçuvçining hikoyasi ham bor. Uning sözlariga köra, apparat yarim şar şaklida bölgan. Uçuvçi unga taxminan töqqiz kilometr masofaga yaqinlaşganida, ob’ekt keskin tezlaşgan — hisobotda uning tezligi soatiga 3333 km deb baholangan. Biroq yerusti radarlari nişonni qayd etmagan, ikkinçi uçuvçi esa uni tasdiqlamagan.

Markaziy razvedka boşqarmasining (MRB) 1950-yillar boşidagi hujjatlaridan ma’lum bölişiça, öşa vaqtga kelib AQŞda NUJlar kuzatilgani haqida 1500 ga yaqin xabar röyxatga olingan va ularning taxminan 20 foizi izohsiz qolgan. Razvedka, şuningdek, jamiyatning NUJlarga bölgan qiziqişidan psixologik operatsiyalarda foydalaniş mumkinligini hamda bunday xabarlar oqimi Amerika aloqa tizimlariga ortiqça yuk bölmasligini bildirgan.


Eslatib ötamiz, avvalroq Pentagon Afğoniston osmonida kuzatilgan noma’lum uçar jismlar haqidagi ma’lumotlarni oçiqlagan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing