AQSH oraliq saylovlargacha Eronga zarba berishi mumkin – OAV

Olam

−

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Pentagonga ASHQ Kongressiga o‘tkaziladigan oraliq saylovlargacha Erondagi ob’ektlarga zarba berish variantlarini tayyorlashni topshirdi. Bu haqda xabardor manbalarga tayanib, “The Atlantic” nashri xabar berdi.

Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Oq uy Pentagondan oraliq saylovlar arafasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan Eron ob’ektlariga zarba berish variantlarini ishlab chiqishni so‘ragan.

Suhbatdoshlarning aytishicha, ehtimoliy zarbalarning ko‘lami va nishonlari, shuningdek ma’muriyat yakunda bu harakatlarni amalga oshirish-oshirmasligi hamon muhokama qilinmoqda.

“Bu Prezident g‘alaba qozonganidek taassurot uyg‘otadi va benzin narxi tusha boshlaydi”, deydi nashrga Respublikachilar partiyasining anonim a’zosi.

Manbalardan birining aniqlik kiritishicha, rejani AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ishlab chiqmoqda.

“Atlantic”ning qo‘shimcha qilishicha, cheklangan operatsiyadan so‘ng oraliq saylovlardan keyin yanada kengroq harbiy harakatlar bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon Yaqin Sharqqa uchinchi aviatashuvchi zarbdor guruhi hamda qo‘shimcha dengiz piyodalarining kemalarini yuborayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing