Putin, Tramp va Si Szinpin örtasida kelişmovçilik çiqdi – FT

Olam

−

image

Rossiya, AQŞ va Xitoy yetakçilari Vladimir Putin, Donald Tramp va Si Szinpinning uç tomonlama uçraşuvi oldindan belgilangan kun tartibisiz ötadi. Ular bu borada kelişa olmadi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbaga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.

Davlat rahbarlari joriy yilning 19 noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida ötkaziladigan sammit doirasida uçraşişi kerak. Naşrning qayd etişiça, bu odatda xorijiy rahbarlar bilan suhbatlarning puxta yozilgan ssenariysini talab qiladigan Xitoy yetakçisi uçun “noodatiy qadam”.

Amerikalik amaldorning sözlariga köra, Tramp muzokaralar çoğida yadroviy qurollar ustidan nazorat masalalarini kötarişni rejalaştirmoqda, biroq “kelişuvga erişişni kutmayapti” va şunçaki uçta eng yirik yadroviy davlat örtasida muhokamani boşlaşni istaydi. 

“Xitoy uçun bu murakkab mavzu, biroq biz çindan ham Xitoyning, ta’bir joiz bölsa, kattalar davrasidan joy oliş vaqti keldi, deb hisoblaymiz”, deydi FT manbasi. 

Şu bilan birga, u mamlakatlar yetakçilari Ukrainadagi uruşni muhokama qilişi dargumon ekanini, çunki Xitoy tinçlik jarayoniga bevosita qöşilişni istamayotganini ta’kidlagan.

Uçraşuvda Si Szinpin Tramp va Putin bilan özining alohida munosabatlarini muhokama qilişni istaydi, biroq Xitoy taklif etilmagan 1945 yilgi Yalta konferensiyasi bilan qiyoslaşlardan qoçişga intiladi. 

“Şu bilan birga, Putin va Trampning uçraşuvi Kiyev va Ğarb poytaxtlarida “xavotir” uyğotişi mumkin”, deya qayd etadi “Bloomberg”. 

Naşr bahosiga köra, u Rossiya Prezidentiga Ukraina iştirokisiz tinçlik kelişuvi şartlariga ta’sir ötkaziş imkoniyatini beradi.

Bungaça “Wall Street Journal” (WSJ) manbalari AQŞ va Xitoy örtasida uç tomonlama uçraşuv formati va kun tartibi borasida kelişmovçiliklar yuzaga kelganini aytgan. Xususan, Pekin sammit iştirokçilari oldindan tayyorlangan bayonotlarni öqib eşittirişini va muhokama uçun imkoniyatlar minimal darajaga tuşirilişini talab qilgan. Naşr ma’lumotlariga köra, AQŞ uç yetakçiga faolroq fikr almaşiş imkonini beradigan erkinroq formatni talab qilgan.

Rossiya, AQŞ va Xitoy yetakçilarining uç tomonlama uçraşuvini ötkazişni Putin taklif qilgan. WSJ ma’lumotlariga köra, Rossiya Prezidenti sammitda Ukrainadagi uruşni öz şartlari asosida yakunlaş böyiça kelişib olişni istagan. Biroq AQŞ Rossiyaning Ukraina bilan uruşini emas, balki yadroviy qurolsizlaniş va Eron bilan harbiy mojaroni muhokama qilmoqçi ekanini bildirgan. Şundan söng, Kreml Şençjendagi muzokaralarni “yangi Yalta” deb hisoblamaslikka çaqirgan.

Eslatib ötamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va AQŞ Prezidenti Donald Trampning uç tomonlama uçraşuvi joriy yilning 19 noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida bölib ötadi. Uç yetakçi Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammiti doirasida uçraşuv ötkaziş böyiça kelişuvga erişgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing