Pentagon Ukrainaga Patriot raketalarini işlab çiqarişni taqiqladi
Olam
−
19:27 128 2 daqiqa
AQŞ Mudofaa vazirligi Ukrainaga Patriot zenit-raketa majmualari uçun raketalar işlab çiqariş litsenziyasini beriş jarayoni bloklab qöydi. Masala joriy yilning oktyabr oyida AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio va Mudofaa vaziri Pit Xegset tomonidan dastlabki tarzda kelişilganiga qaramay, zarur hujjatlar yakuniy rasmiylaştiruvdan ötmagan. Bu haqda “Ozodlik” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hujjatlarni rasmiylaştiriş işlari AQŞ Mudofaa vazirining xaridlar va moddiy-texnik ta’minot masalalari böyiça örinbosari Maykl Daffi darajasida keçiktirilmoqda. Şu bilan birga, Pentagonning rasmiy vakillari material e’lon qilingan vaqtda jarayon töxtatilgani sabablari yuzasidan izoh berişdan tiyilgan.
Ma’lumot uçun, joriy yilning sentyabr oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasi doirasidagi uçraşuv çoğida AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan kelişuvga erişilganini e’lon qilgan edi. Ukraina tomoni mamlakat hududida yiğiş liniyasini joylaştiriş böyiça Amerikaning Raytheon korporatsiyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Korxona PAC-2 GEM-T turidagi zenit boşqariladigan raketalarni işlab çiqaradi. PAC-3 seriyasidagi zamonaviyroq tutib oluvçi raketalar esa faqat Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan işlab çiqariladi.
Patriot majmualari uçun zenit raketa-tutib oluvçilarning keskin taqçilligi Rossiya zarbalariga qarşi tura olmayotgan Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimining asosiy muammosi bölib qolmoqda. AQŞning Eron bilan mojarosi boşlanganidan söng uşbu majmualar uçun möljallangan raketalarning katta qismi Yaqin Şarqqa yönaltirilgan.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr