Jazoir yarim asrdan oşiq vaqt ötib Nigerga harbiylarini yubormoqçi
Olam
−
10:05 708 2 daqiqa
Jazoir parlamenti Nigerga harbiy xizmatçilar yuboriş töğrisidagi qarorni ma’qulladi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Jazoir 1973 yilda Arab-Isroil uruşi vaqtida Misrni qöllab-quvvatlaş uçun harbiylarini yuborganidan beri ilk bor xorijda qöşin joylaştirmoqçi. Hozirça harbiylar qaçon va Nigerning qaysi hududiga yuborilişi, şuningdek, ularning soni haqida ma’lumot berilmagan.
Jazoir senatori Belkasem Bulgitining aytişiça, harbiylar Nigerdagi mamlakatning iqtisodiy va strategik manfaatlarini, xususan, neft infratuzilmasini himoya qiliş uçun yuboriladi. Uning ta’kidlaşiça, bu missiya uruş olib borişga emas, balki iqtisodiy ob’ektlar xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan.
Jazoirning davlatga qaraşli Sonatrach energetika kompaniyasi Niger orqali Nigeriyadan Jazoirga tabiiy gaz yetkazib berişni közda tutuvçi Trans-Sahro gaz quvuri loyihasida iştirok etmoqda. Gaz quvuri orqali Yevropa bozorlariga gaz eksport qiliş rejalaştirilgan.
Niger, Mali va Burkina-Fasodan iborat ğarbiy Sahel mintaqasida qurolli guruhlar, jumladan, “Al-Qoida” va “Islom davlati” terrorçilik taşkilotlari bilan boğliq hujumlar hamda hukumat kuçlari örtasidagi töqnaşuvlar xavfsizlik vaziyatini murakkablaştirib kelmoqda.
Ma’lumotlarga köra, Jazoir va Niger örtasidagi munosabatlar sönggi vaqtlarda yaxşilana boşlagan. Avvalroq ikki mamlakat örtasida diplomatik kelişmovçiliklar yuzaga kelgan, ötgan yil esa Sahel davlatlari Jazoir bilan boğliq mojaro ortdan elçilarini çaqirib olgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jazoir Birlaşgan Arab Amirliklari bilan diplomatik aloqalarni uzgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi