Buxoroda qadimiy tangalarni chet elga olib chiqib ketmoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Buxoro viloyati aeroportida 4 dona qadimiy tangalarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Buxoro aeroporti chegara bojxona posti orqali qadimiy numizmatika buyumlarini olib chiqib ketishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi. Unda Buxoro – Vnukovo yo‘nalishidagi aviareys orqali xorijiy davlatga uchib ketayotgan ikki nafar fuqaro o‘zi bilan Respublika hududidan olib chiqib ketish taqiqlangan madaniy meros ashyolarini olib chiqishga uringan vaqtda bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan. 

Bartaraf etilgan ikki holatda jami 4 dona qadimiy tangalar borligi aniqlandi. Ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan tangalarning qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertiza o‘tkazilgan. 

Unga ko‘ra, mazkur tangalar 1751 yilda Rossiya imperiyasining I imperatori Pyotr I hukmronligi davrida Yekaterinburg zarbxonasida zarb etilgani tasdiqlandi. Hozirda ushbu qadimiy numizmatika ashyolari doimiy saqlash uchun Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasiga taqdim etilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda ham Buxoroda tarixiy tangalarni chet elga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona Buxoro sotish qadimiy tangalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing