8 yaşar qizga buzuq harakatlar qilgan şaxsga jinoyat işi oçildi (video)

3-sahifa

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda 8 yaşar qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilgani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab böldi. Uşbu holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Buxoro viloyati boşqarmasi munosabat bildirdi. 
 
Ma’lum qilinişiça, hodisa joriy yilning 23 oktyabr kuni Qoraköl tumanida sodir bölgan. Fuqaro Ş.R. 2018 yilda tuğilgan voyaga yetmagan qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.

Bildirilişiça, holat yuzasidan Qoraköl tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (Ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) uçinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va jarayon prokuratura nazoratida.

Şuningdek, Qoraköl tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan qizning holati örganilib, unga zarur ijtimoiy va psixologik yordam körsatiş çoralari körilmoqda. Agentlik mazkur holatni nazoratga olganini bildirgan.
 
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy tajovuzda gumonlanib, davlatlararo qidiruvga berilgan Özbekiston fuqarosi Rossiyaning Astraxan viloyatida uşlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing