Qöqonda 13 yaşar qiz zörlanişi böyiça qözğatilgan jinoyat işi qayta malakalandi

3-sahifa

−

image

Farğona viloyatida 13 yaşar voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilişi bilan boğliq jinoyat işi qayta malakalandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Avvalroq, Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yaşar voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilgani haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan joriy yilning 29 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi (Ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) 3-qismi “a“ bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Gumonlanuvçi qölga olinib, joriy yilning 30 sentyabr kuni sud qarori bilan qamoqqa olingan.

Joriy yilning 9 noyabr kuni esa Qöqon şahar prokuraturasi jinoyat işini Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegiş) 4-qismi bilan qayta malakalagan.

Bildirilişiça, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. Jabrlanuvçi qizga psixologik va yuridik yordam körsatilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi boğçada 5 yoşli qizga nisbatan sodir etilgan jinoyat böyiça qözğatilgan iş 18 noyabr kuni sudda körib çiqilişi haqida xabar berilgan edi. Jabrlanuvçi voyaga yetmagani sababli sud majlisi yopiq tarzda ötkaziladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing