Jizzaxda erkak voyaga yetmagan qizini zörlab kelgani ma’lum böldi
3-sahifa
−
7039 2 daqiqa
Jizzax viloyatining Zomin tumanida voyaga yetmagan qiziga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etganlikda gumonlangan erkakka qidiruv e’lon qilindi. U jinoyat işi qözğatilişidan bir oy oldin Rossiyaga işlaş uçun ketgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ söroviga javoban Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi.
Uning bildirişiça, 1984 yilda tuğilgan erkakka nisbatan joriy yilning 14 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov ma’lumotlariga köra, gumonlanuvçi 2026 yilning 11 sentyabr kuni işlaş maqsadida Rossiya Federatsiyasiga ketgan.
Unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. 19 oktyabr kuni sud ajrimi bilan sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham munosabat bildirdi.
Agentlik ma’lumotiga köra, 2026 yilning 9 oktyabr kuni içki işlar organlari xodimlari ta’lim muassasalarida ötkazgan profilaktik tadbirlar davomida 2010 yilda tuğilgan qiz sababsiz darslarga qatnaşmayotgani aniqlangan. Holat maktab psixologi bilan birgalikda örganilganda, qizçaning ruhiy holati barqaror emasligi ma’lum bölgan. U bilan suhbat davomida otasi tomonidan jinsiy zöravonlik sodir etilganini aytgan.
Bu haqda tuman IIBga xabar berilgan va holat prokuratura organlariga yuborilgan. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ham örganilgan holat yuzasidan qiz dastlab kiçik hajmli ijtimoiy kömak markaziga joylaştirilgan. Unga psixologik va ijtimoiy xizmatlar körsatilib, tibbiy körik hamda ekspertizaga yönaltirilgan.
Bildirilişiça, hozirda qiz oilaviy bolalar uyiga joylaştirilgan. Uning xavfsizligi ta’minlangan va ruhiy-emotsional holatida ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda.
“Şuningdek, bolaning oilaviy şaroiti örganilmoqda. Uni oilaga qaytariş masalasi bolaning xavfsizligi, ruhiy holati va eng ustun manfaatlari har tomonlama baholangandan söng körib çiqiladi”, deyiladi agentlik munosabatida.
Mazkur holat agentlik mas’ul xodimlari nazoratiga olingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida 2 nafar voyaga yetmagan qizini zörlaganlikda gumonlanayotgan erkak qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi