BMT Oliy sudi Myanmani musulmonlar genotsidi uçun javobgar deb topdi 

Olam

−

image

Bugun, 19 noyabr kuni BMT Oliy sudi 2017 yilda Myanma xavfsizlik kuçlari tomonidan rohinja ozçiligiga nisbatan sodir etilgan minglab qotilliklar va keng kölamli jinsiy zöravonlik davlat tomonidan homiylik qilingan genotsidni anglatişi töğrisida qaror çiqardi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Gambiya da’vosi berilganidan yetti yil ötib qabul qilingan uşbu qaror Xolokost davridan buyon xalqaro sud genotsidni isbotlaş uçun huquqiy mezonlarni belgilagan bor-yöği törtinçi holat, davlat javobgar deb topilgan esa ilk holat böldi.

Sud Myanma rohinjalarga tovon puli tölaşga, ularning xavfsiz va munosib qaytişini hamda oilalarining birlaşişini ta’minlaşga majbur ekani töğrisida qaror çiqargan. Hukm yakuniy bölib, ustidan şikoyat qilinmaydi, şu bilan birga sudyalar u genotsid bilan boğliq boşqa işlarga ham ta’sir körsatişini kutmoqda.

“Sud Myanma xavfsizlik kuçlari minglab tinç aholi vakillari – rohinjalarni öldirganini, keng kölamli jinsiy zöravonlik harakatlarini, şuningdek, bolalarga nisbatan öta şafqatsiz xatti-harakatlarni sodir etganini va qoçayotgan rohinjalarga hujum qilganini aniqladi”, deydi raislik qiluvçi sudya Yudzi Ivasava qarorni öqib eşittirar ekan.

Sudyalar “Myanma xatti-harakatlarining yagona mantiqiy izohi – himoya ostidagi guruhning muhim qismini, ya’ni Rakxayn ştati şimoliy qismidagi rohinja aholisini yöq qiliş niyati ekani” töğrisidagi xulosaga kelgan.

Sud nimalarni aniqladi?

Sud erkaklar va öğil bolalarning ommaviy qatl etilgani, rohinja ayollariga nisbatan jinsiy zöravonlik holatlari, şuningdek, rohinjalarga qarşi nafrat uyğotiş bilan keçgan “tozalaş operatsiyalari” davomida yuzlab qişloqlarning yoqib yuborilgani va vayron qilinganini qayd etgan. Bunda BMT missiyasining kamida 10 000 kişi halok bölgani va 700 000 dan ortiq rohinja öz yurtini tark etgani töğrisidagi ma’lumotlari inobatga olingan.

Tovon puli miqdori keyinroq belgilanadi. BMT Xalqaro sudi qarori yakuniy bölsa-da, uni majburiy ijro etiş imkoniyati çeklangan. Buyuk Britaniya Myanmaning harbiy attaşesini mamlakatdan çiqarib yuborişini ma’lum qilgan va navbatdagi qadamlarni tayyorlamoqda. Şuningdek, parlamentariylar ijro masalasini BMT Xavfsizlik Kengaşiga olib çiqişga çaqirgan.

Ekspertlarning qayd etişiça, bu 1948 yilgi Genotsid töğrisidagi konvensiyani qöllaş böyiça sönggi ön yildan ortiq vaqt içidagi ilk yirik hukm bölib, u boşqa işlarga, jumladan, Isroil Ğazoda genotsid sodir etişda ayblanayotgan JARning 2023 yilgi da’vosiga ham ta’sir körsatişi mumkin. Avvalroq, xalqaro sudlar ham Ruanda (1994), Srebrenitsa (1995) va Kambojada (1970-yillar oxiri) genotsid sodir etilganini tan olgan.

Ma’lumot uçun, rohinjalar – aholisining asosiy qismini buddistlar taşkil etuvçi Myanmaning ğarbiy qismidagi Rakxayn ştatida asrlar davomida yaşab kelgan musulmon etnik ozçilikdir. Özlarining alohida tili va madaniyatiga ega bölişlariga qaramay, Myanma hukumati ularni mamlakatning rasmiy etnik guruhlari röyxatiga kiritmagan va Bangladeşdan kelgan noqonuniy muhojirlar deb hisoblab, 1982 yilgi qonun bilan ularni fuqarolikdan mahrum qilgan.

Fuqaroligi bölmagani sababli rohinjalar harakatlaniş, ta’lim oliş, tibbiy xizmatlardan foydalaniş va mehnat qiliş borasida tizimli çeklovlarga duç kelib, dunyodagi eng köp ta’qibga uçragan xalqlardan biriga aylangan. Vaziyat 2017 yil avgust oyida Myanma harbiylarining Rakxayn ştatida ötkazgan keng kölamli “tozalaş operatsiyalari” ortidan fojiali tus oldi: öşanda minglab tinç aholi öldirildi, yuzlab qişloqlar yoqib yuborildi va 700 mingdan ortiq rohinja qöşni Bangladeşga qoçib ötişga majbur böldi. Hozirda ularning katta qismi Bangladeşdagi ulkan qoçoqlar lagerlarida, jumladan, dunyodagi eng yirik Koks-Bazar lagerida oğir gumanitar şaroitda istiqomat qilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing