Maktab qizlari homilador, korrupsiya köpaydi, Ğiyosov işdan ketdi, Mirziyoyev nufuzli musulmonlar röyxatiga kirdi, 13 yaşar qiz zörlandi – Hafta tahlili
Tahlil
−
14 Noyabr 830 18 daqiqa
Toşkentdagi maktablarda 7 nafar öquvçi qizda homiladorlik aniqlandi. Yil boşidan buyon 307 kişi OIV infeksiyasini yuqtirib oldi. Qöqonda 13 yaşar qiz zörlandi, Uçqörğonda 5 yoşli qizaloqning boğçada zörlanişi böyiça sud boşlanyapti. Korrupsiya va korrupsiyanerlar köpayyapti. Bu yaxşimi yo yomon? Öquv markazidan katta miqdordagi pullarni öğirlamoqçi bölgan “kvartet” qölga tuşdi. UzIMEI ortidan sarsongarçilik avjiga çiqdi.
Toşkentda 15-16 yoşdagi 7 nafar qizning homilador ekani aniqlandi
Poytaxt Toşkentda 7 nafar 15-16 yaşar maktab öquvçi-qizlari orasida homiladorlik aniqlandi. Bu raqamlar joriy yilning yanvar-sentyabr oylariga oid statistika. Hozirgaça raqamlar ösgan va agar hududlar bilan hisoblansa, töğriroği, aniq raqamlar oşkor qilinsa, mavjud holat ançayin ayançli bölişi mumkin. Biroq bu masala Özbekistonda teginilmaydigan, tabu mavzular sirasiga kiradi. Huquq-tartibot organlari, Bolalar ombudsmani öquvçi-qizlarda uçraydigan homiladorlik holatlari haqida ma’lumot bermaydi va buni bola huquqlari daxlsizligi bilan ifodalaydi. Ammo muammo yaşirildi degani, uning yöqligini anglatmaydi.
Toşkent şahriga oid uşbu statistika Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 13 noyabrdagi “Toşkent şahar Soğliqni saqlaş boş boşqarmasi tomonidan aholi salomatligini asraş, kasalliklarning oldini oliş va uni profilaktika qilişning haqiqiy holati, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda uşbu yönalişdagi faoliyatni yaxşilaş borasida amalga oşirilayotgan işlarni örganiş va natijasini muhokama qiliş töğrisida”gi qarorida oçiqlangan.
Unda aytilişiça, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida aynan 7 nafar 15-16 yoşdagi qizning homiladorligi aniqlangan.
Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilda mamlakat böylab har 100 ming tuğuruqning 168 tasi 15-17 yoşdagi qizlar hissasiga töğri kelgan. 2024 yilda har 100 mingga 186 ta, 2023 yilda har 100 mingga 169 ta, 2022 yilda 168 ta, 2021 yilda 165 ta, 2020 yilda 114 ta holat töğri kelgan. Sönggi 10 yilda eng yuqori körsatkiç 2015 yilda kuzatilgan. Öşa yili har 100 ming tuğuruqqa 200 tasi 15-17 yoşli qizlar örtasida kuzatilgan.
Toşkentda OIV infeksiyasini yuqtirib olganlar 307 taga köpaydi
Özbekistonda qattiq köriqlanadigan axborotlardan yana biri – OIV va OITS infeksiyalariga çaliniş. Mamlakatda uşbu kasalliklar böyiça raqamlar, ularni aniqlaş va davlat tomonidan muhofaza oliş, tibbiy va psixologik yordam masalalari doim bahsli bölib kelgan.
Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 13 noyabrdagi “Toşkent şahar Soğliqni saqlaş boş boşqarmasi tomonidan aholi salomatligini asraş, kasalliklarning oldini oliş va uni profilaktika qilişning haqiqiy holati, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda uşbu yönalişdagi faoliyatni yaxşilaş borasida amalga oşirilayotgan işlarni örganiş va natijasini muhokama qiliş töğrisida”gi qarorida aytilişiça, ayni vaqtda birgina Toşkent şahrining özida OIV infeksiyasiga çalingan soni 10 382 nafar bemor bor va ularning 5 916 nafari erkaklar, 4 465 nafari ayollarni taşkil etadi. Afsuski, röyxatda 137 nafar bolalar ham bor.
2026 yil 9 oyi davomida 307 nafar yangi holat aniqlangan. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 15 taga kam. Uşbu infeksiyaga çalinganlar böyiça ötgan yildagi statistik ma’lumotlarda Bektemir, Mirobod, Uçtepa, Yangihayot, Sergeli, Yaşnobod va Yunusobod tumanlari körsatkiçlari şahar körsatkiçida yuqoriligi qayd etilgan.
Joriy yilning 9 oyida yangi aniqlanganlarning 233 nafarida jinsiy, 13 nafarida tibbiy parenteral, 4 nafarida notibbiy parenteral, 6 nafarida giyohvand moddalarni tomir içiga qabul qiliş orqali yuqqan.
Pedofillar kamaymayapti
Özbekistonda pedofiliyaga nisbatan umrbod qamoq jazosi tayinlanganiga qaramay, bu boradagi jinoyatlar kamaymayapti. Farğonada 13 yaşar qiz zörlandi. Holat Qöqon şahridagi mehmonxonada sodir bölgan. Bolalar ombudsmanining xabar berişiça, joriy yilning 29 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Gumonlanuvçi sud qarori bilan qamoqqa olingan. Şu yilning 9 noyabr kuni Qöqon şahar prokuraturasi jinoyat işini kodeksning 118-moddasi (nomusga tegiş) 4-qismi bilan qayta malakalagan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Ötgan oy katta şov-şuvlarga sabab bölgan Namangan viloyati Uçqörğon tumanida 5 yaşar boğça tarbiyalanuvçisining şu boğçada işlovçi xöjalik mudiri tomonidan zörlanişi böyiça jinoyat işini sudda köriş esa kelasi hafta, aniq aytganda, 18 noyabr kuni boşlanişi kutilmoqda. Jabrlanuvçi voyaga yetmagani sababli sud majlisi yopiq tarzda ötkaziladi.
Iş jinoyat işlari böyiça Norin tuman sudining iş yurituviga kelib tuşgan. Unda 1974 yilda Maktabgaça ta’lim taşkiloti xöjalik mudiri va boşqalarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.
Sudda nafaqat 5 yaşar qizga nisbatan uşbu jirkanç harakatni sodir etgan uşbu nafsiga qul kimsa, balki bunga şaroit yaratib bergan, öz lavozimi va vazifalariga bepisand qaragan boşqalar masalasi ham adolatli körib çiqiladi, deb umid qilamiz.
Poraxör mansabdorlar uşlandi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2025 yil oxirida Oliy Majlis palatalari va xalqqa yöllangan murojaatnomasini eslaysizmi? Öşanda davlat rahbari 2026 yilda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça favqulodda holat e’lon qilinişi va bunda bu illatga qöl urgan heç kim quruq çiqmasligini aytgandi. Lekin bundan köpçilik xulosa qilmadi, dars çiqarmadi.
Özbekistonda korrupsionerlar köpaydimi? Bunday deyişga şoşmaylik. Ular hamişa bölgan, köpaygan bölsa ham bordir, ammo qölga olişlar, foş etişlar ham köpaygan. Faqat qamrov masalasi kişini öylantiradi. Hokim yordamçilari va ularning örinbosarlaridan nariga ötmayotgan axborotlar haqiqatdan ham yuqori lavozimlarda korrupsiya mavjudmasligini anglatarmikin?
Bu hafta Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi örinbosari va Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali mansabdori 30 ming dollar pora bilan uşlandi. Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ötkazilgan operatsiya tafsilotlarida aytilişiça, ikki mansabdor özaro til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning işonçiga kirgan. Ular tuman hokimligi zaxirasida bölgan 50 sotix yer maydonini onlayn auksion savdolari orqali arzon narxda öşa fuqaro nomiga yutib beriş evaziga 100 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Ular kelişilgan pulni olayotgan vaqtida qölga tuşgan. Holat böyiça Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” va “g” bandlari hamda 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Korrupsiya bilan boğliq şu haftada sodir bölgan navbatdagi şov-şuvli iş esa Farğona viloyati hissasiga töğri kelmoqda. Beşariq tumanida hokim yordamçisi 150 mln söm kredit olib beriş evaziga fuqarodan iPhone 17 Pro Max sörabdi. Haligi kişi ham telefonni olib kelib bergan, hokim yordamçisi buyurtmasini olayotgan paytida qölga tuşgan. Ayni vaqtda Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toşkent viloyatining Qibray tumanida suv yetkazib beriş xizmati muassasasi rahbari 5 ming AQŞ dollari pora olayotgan vaqtida qölga tuşdi. U fuqaroning uyini noqonuniy qurilgan deb topiş masalasini hal qilib beriş evaziga 16 ming dollar talab qilgan. U avval ham Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) bilan sudlangan bölgan. Navbatdagi holat böyiça unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 2-qismi “b” va “v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Özbekistonda 2025 yilda davlat idoralarining 1083 nafar xodimi korrupsiyada ayblanib, lavozimidan ozod etildi, ulardan 661 nafari jinoiy javobgarlikka tortildi. 2026 yil boşida e’lon qilingan “Korrupsiyani qabul qiliş indeksi” natijalariga köra, Özbekiston 2025 yil yakunlari böyiça öz pozitsiyasini özgartirmagan holda, 180 davlat içida 121-örinni egallagan. 2024 yildagi natija ham şunday edi. Bu borada Markaziy Osiyo davlatlari orasida Özbekiston Qozoğistondan keyingi ikkinçi örinni egallab, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmanistonni ortda qoldirgan.
Yil oxirlayapti. Bu yilgi natijalar yanada oğirroq bölişi mumkin, ğalvir suvdan kötarilganda ma’lum böladi hammasi.
Amaldorlarning poraxörligiga çek qöyişning eng katta natija beradigan xalqaro tajribadan ötgan usuli albatta daromadlarni deklaratsiya qiliş. Özbekistonda 2022 yilning 1 yanvaridan amaldorlarning mol-mulki deklaratsiya qilinişi aytilgan edi. Bu talab Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2021 yil 6 iyulda qabul qilgan va 7 iyuldan boşlab kuçga kirgan “Korrupsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan. Biroq hujjat qabul qilinganidan 5 yil ötdi hamki, bu qonundan darak yöq. U unutildi, unuttirildi.
“Davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş töğrisida”gi Qonun loyihasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan işlab çiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilişi kerak edi. QALAMPIR.UZ manbalariga köra, 2021 yilning avgust-sentyabr oylarida qonun loyihasi Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, DXX, IIV, DSQ, Oliy sud, Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan dastlabki va idoraviy kelişuvlardan ötkazilib, ularning takliflari asosida takomillaştirilgan. Qonun loyihasi 2021 yilning 1 noyabrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, 13 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Lekin, uning taqdiri hozirgaça noma’lum.
Prezidentning 2025 yil 21 aprelda imzolangan “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali taşkil etişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonida “Davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş töğrisida”gi qonun loyihasi 2025 yil may oyida tayyor bölişi aytilgan. Natija böldimi? Yana yöq. Hatto, korrupsiyaga qarşi favqulodda yil deb e’lon qilingan va tugayotgan bu yilda ham uşbu qonun borasida hamma sukut saqlamoqda.
Öquv markaziga bosqinçilikni rejalaştirganlar uşlandi
Özbekistonda köça bezorilariga, özidan “vor v zakone” yasab olgan manaman deganlarga ötkazilgan qator reydlar, hatto, xorijda jinoiy guruhlar taşkil qilganlar ortidan tuşişlardan köpçilik hali ham xulosa çiqarmagan, töğri yölga kirmagan körinadi. Poytaxtda öquv markazlaridan birida saqlanayotgan pullarni öğirlamoqçi, bosqinçilik yöli bilan qöla kiritmoqçi bölgan bölgan şovvozlarni niyati amalga oşmadi. Ular qölga tuşdi.
Gap şundaki, 1995 yilda tuğilgan sobiq qöriqçi öquv markazining içki tartibi va xavfsizlik tizimini yaxşi bilgani bois özi işlagan joyni bosqinçilik uçun nişonga oldi. U jinoiy rejani amalga oşiriş uçun uç nafar tanişini ham yolladi.
Rejaga köra, sobiq qöriqçi avvaldan markazdagi vaziyatni örganib, şeriklariga pul saqlanadigan joy haqida ma’lumot berişi kerak bölgan. Guruhning yana bir a’zosi elektr ta’minotini uzişi, qolganlari esa niqob taqib, orqa eşikdan binoga kirişi va pullarni qoplarga joylab, ijaraga olingan avtomobilda olib çiqib ketişi rejalaştirilgan.
Ular xavfsizlik kameralari va signalizatsiya tizimini ham hisobga olgan. Kvartetdan biri jinoyatni yaşiriş va guvohlarni çalğitiş maqsadida ayollar kiyimida bölişni ham rejalaştirgan. Bunisiga kulaymi yo yiğlaymi?
Guruh pulni qölga kiritgaç, Farğona viloyati orqali qöşni respublikalardan biriga çiqib ketişni ham “plan” qilgan.
Poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbirlar natijasida bosqinçilikning oldi olingan. Guruh a’zolari jinoyatni amalga oşiriş vaqtida uşlangan. Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinçilik) 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Demokrat.uz” rahbari qamaldi
“Demokrat.uz” rahbari Fazliddin Mehmonov 10 yil 3 oy muddatga, bloger Aziz Ğoipnazarov esa 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Gap şundaki, Fazliddin Mehmonov Jinoyat kodeksining 165-(tovlamaçilik), 168-(firibgarlik) va 248-(öqotar qurolning, öq-dorilarning, öqotar qurol asosiy qismlarining, portlovçi moddalarning, portlatiş vositalarining yoki portlatiş qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalarida, Aziz Ğoipnazarov uşbu kodeksning 165-moddasida (firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan. Sudlanuvçi Fazliddin Mehmonovdan jinoyat doirasida jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilişi belgilangan.
Yöllardagi YTHlar va jarimalar
Özbekistonda 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 ta YTH sodir bölganini anglatadi. Toşkentda hafta davomida kuzatilgan yoğingarçilik oqibatida yuzaga kelgan va bir neçta çorrahalarni qamrab olgan yuqori darajadagi tirbandlik yöllardagi muammolar, drenaj tizimining nosozligi va kuçli yoğingarçilikka hamon tayyormasligi, yangi yöllarda tirbandlik, aholining yaşaş hududlari va işlaş hududlariga eltuvçi çorrahalarda yangi yeçimlarning mavjud emasligi, siğim imkoniyatlari töliq hisobga olinmagani kabi muammolarni suv yuziga çiqardi. Albatta, bular orasiga ayrim haydovçilarning madaniyatsizligi, uquvsizligi va yöl harakati qoidalariga amal qilmasligini ham qöşiş mumkin.
Milliy statistika qömitasi bergan ma’lumotlarga qaraganda, Özbekistonda 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi qayd etigan. Bu bir kunda örtaça 12 ta YTH sodir bölganini anglatadi.
Tugayotgan haftada Özbekistonda haydovçilar uçun jarimalar böyiça yangi tartib tasdiqlandi. Endi Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlar belgilangan jarimani 60 kun içida tölamasa, ularning transport vositasi jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin.
Agar jarima belgilangan muddatda tölanmasa, transport vositasi haqidagi ma’lumotlar Yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining planşetlari va boşqa axborot tizimlarida avtomatik ravişda aks etadi. Şundan söng, YHXX xodimlari ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirmasdan, avtomobilni jarima maydonçasiga joylaştirişi kerak. Transport vositasi jarima haqidagi qarorning ijrosi yuzasidan iş yuritiş tugaguniga qadar uşlab turiladi.
Lekin haydovçi jarimani elektron tölov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali joyida töliq tölasa va bu haqdagi ma’lumot elektron tizimda tasdiqlansa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilmaydi. Jarima maydonçasiga joylaştirilgan transport vositasini qaytarib oliş uçun qarzdorlik tölangan bölişi kerak. Tölov tasdiqlangaç, tegişli elektron ruxsatnoma rasmiylaştiriladi.
Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan ikki oy ötgaç, kuçga kiradi.
Şavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari qatoriga kirdi
Özbekiston xalqi uçun xuşxabar. Mamlakat Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2027 yil uçun Iordaniya Podşohligi Islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan tuzilgan “The Muslim 500” – dunyoning 500 nafar eng nufuzli musulmoni reytingiga kiritildi va unda 40-örinni egalladi.
Reyting mualliflariga köra, Şavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni liberallaştiriş, jumladan, valyuta islohotlarini ötkaziş, Özbekistonni xorijiy investitsiyalar uçun oçiş, xalqaro savdoni kengaytiriş va qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş jarayonlariga rahbarlik qilgan. Uning ma’muriyati davlat boşqaruvida islohotlarni joriy etiş bilan bir qatorda, ta’lim, soğliqni saqlaş va davlat xizmatlari sohalarini yaxşilaşga intilmoqda. Paxtaçilik sanoatida tizimli majburiy mehnatga barham berilgani eng muhim yutuqlardan biri bölgan.
U qöşni Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni qayta tiklab, mintaqaviy savdo va hamkorlikni mustahkamlaş orqali Özbekistonning mintaqaviy munosabatlarini tubdan özgartirgan. Uning yanada oçiq taşqi siyosati Özbekistonning tobora muhim diplomatik va iqtisodiy hamkor sifatida şakllanişiga xizmat qildi.
Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyevning islom merosi va ilm-fanga qöşgan hissasi e’tirof etilgan.
“Mirziyoyev Özbekistonning tarixiy islom merosini qayta tiklaş taşabbuskori hamdir. Uning hukumati masjidlarni quriş va ta’mirlaşni qöllab-quvvatladi, Haj va Umra ziyoratlari uçun imkoniyatlarni kengaytirdi hamda muhim muqaddas qadamjolar va maqomlarni tikladi. Imom al-Buxoriy va Imom Moturidiy yodgorlik majmualari yirik loyihalar sirasiga kiradi. U, şuningdek, tarixiy madrasalar va Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga investitsiya kiritiş bilan birga, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy ilmiy-tadqiqot markazlari orqali an’anaviy islom ilmlarini tarğib qilişga hissa qöşdi”, deyiladi hujjatda.
Röyxatda Markaziy Osiyodan Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, taniqli qozoğistonlik xonanda Dimaş Qudaybergen hamda Tojikiston ulamolar kengaşi raisi, muftiy Saidmukarram Abdulqodirzoda ham bor. Ular eng nufuzli 50 talikka emas, balki turli sohalar böyiça tuzilgan umumiy röyxatga kiritilgan.
2027 yilga möljallangan reytingda birinçi örin ilk bor beş nafar şaxsga birgalikda berilgan. Ular – Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdulaziz va valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon, Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif va feldmarşal Osim Munir, şuningdek, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan.
Özbekistonda ta’lim va tibbiyotga ajratiladigan byudjet köpaytiriladi
2027 yilda Özbekistonda ta’limga 114,3 trillion söm (ötgan yildan 14 trillion söm köp), tibbiyotga 61,4 trillion söm (ötgan yildan 12 trillion söm köp) ajratiladi. Bu şu hafta Prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida 2027 yil uçun Davlat byudjeti xususidagi yiğilişda aytilgan.
Rejaga köra, 2026 yil yakunida mamlakat iqtisodi kamida 8 foizga ösişi, yalpi içki mahsulot hajmi 200 milliard dollardan, aholi jon boşiga töğri keladigan daromad esa 5,2 ming dollardan oşişi kutilmoqda. 2027 yilda YAIM hajmi 232 milliard dollarga yetişi prognoz qilinmoqda. 2030 yilga borib 300 milliard dollarga yetkaziş niyati bor. Ön yilda aholi jon boşiga daromadni 10 ming dollarga yetkaziş maqsad qilingan.
Inflyatsiya darajasini 2027 yilda 6 foizga, 2028–2029 yillarda esa 5 foizgaça pasaytiriş, oltinsiz eksport hajmini 2027 yilda qariyb 40 milliard dollarga yetkaziş nazarda tutilmoqda.
Kelgusi yildan iqtisodiy ösişning yangi modeliga ötiladi, bunda har bir tarmoqda yuqori qöşilgan qiymat yaratiş, mehnat unumdorligini oşiriş, eksport salohiyatini kengaytiriş va yuqori daromadli iş örinlarini köpaytiriş asosiy vazifalar etib belgilanmoqda.
Xususan, kelgusi yilda inflyatsiyani 6 foizdan oşirmaslik, umumiy fiskal taqçillikni yalpi içki mahsulotga nisbatan 3 foiz doirasida saqlaş muhim vazifa etib belgilandi. 2027 yilda ham asosiy soliq stavkalarini özgarişsiz qoladi. Bunday şaroitda byudjet daromadlarini köpaytirişning asosiy manbai iqtisodiy faollikni rağbatlantiriş, soliq bazasini kengaytiriş, yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş hamda soliq va bojxona ma’murçiligini takomillaştiriş bölişi aytilgan.
2027 yil uçun Davlat byudjeti daromadlarini 416 trillion söm, xarajatlarini esa 464 trillion söm miqdorida belgilaş nazarda tutilmoqda. Prezident byudjet xarajatlarining har bir sömi aniq natija berişi lozimligini aytgan.
Yana IMEI mojarosi
Özbekistonda yana IMEI mojarosi. Ijtimoiy tarmoqlar tinmayapti, odamlar xorijdan olib kelgan telefonlarini aeroportlarda taşlab çiqişga majbur bölyapti.
10 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Islom Karimov nomidagi “Toşkent” xalqaro aeroportida xorijdan kelayotgan yölovçilarning mobil qurilmalari ekspertizadan ötkaziş maqsadida 30 kungaça muddatga vaqtinça saqlovga olinayotgani, şuningdek, ekspertizasiz bir kun içida rasmiylaştiriş uçun qöşimça tölovlar joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bojxona qömitasiga köra, oxirgi paytlarda IMEI kodlarini soxtalaştiriş, boşqa qurilmalarga tegişli identifikatorlardan foydalaniş, şuningdek, bir qurilma ma’lumotlarini boşqa qurilmalarni qonuniylaştiriş uçun işlatiş kabi murakkab qonunbuziliş sxemalari orqali bojsiz olib kiriş me’yoridan foydalanişga bölgan urinişlar köpaygan. Mobil qurilmalarning IMEI identifikatorlarini tekşiriş, xususan, IMEI-1 va IMEI-2 kodlari bitta qurilmaga tegişli ekanini hamda uşbu kodlar böyiça avval tarmoq hodisasi sodir bölganini aniqlaş uçun esa maxsus bilim va ixtisoslik talab qiladi. Toşkent xalqaro aeroporti orqali xorijdan olib kirilayotgan mobil qurilmalarning bojxona rasmiylaştiruvi ularning IMEI identifikatorlarini aniqlaş va qonuniy olib kirilganligini tasdiqlaş bilan boğliq ayrim masalalarga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtinça töxtatilgan.
Bojxona qömitasi muammo qilib körsatgan “ayrim masalalar” va maxsus bilim va ixtisoslikka ega kadrlar masalasi ertasi kuniyoq hal qilingan körinadi. Çunki 11 noyabr kuni idora jamoatçilik uçun matbuot anjumani taşkil qilib, Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan olib kelingan telefonlarni rasmiylaştiriş qayta boşlanganini bildirdi.
Aslida hammasi bundan 8 yil oldin boşlangan edi. Tizim Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi “Özbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga oliş tizimini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan joriy etildi. Xususan, 2019 yil 1 apreldan boşlab tizim avtomatik rejimda işga tuşirildi. Öşa vaqtga qadar mahalliy mobil operatorlar tarmoqlarida faol bölgan barça qurilmalar bepul va avtomatik tarzda bazaga kiritildi. 2019 yil 1 noyabrdan boşlab esa yangi olib kirilgan qurilmalarni ariza asosida majburiy röyxatdan ötkaziş tartibi kuçga kirdi. Öşa yilning 1 dekabr oyidan röyxatdan ötkaziş pullik böldi.
Orada tizim bilan boğliq yana qator muammolar körindi. Xususan, uning faoliyati davomida fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanib, begona telefonlarni rasmiylaştiriş köpaydi. Muammolar fonida 2023 yilning noyabr oyidan boşlab xorijdan olib kirilgan telefonni UzIMEI tizimidan röyxatdan ötkaziş uçun uni çegarada bojxona deklaratsiyasiyalaş şart böldi. Deklaratsiyasiz qurilmalarni rasmiylaştirişda qiymatining 30 foizi miqdorida qöşimça boj undiriş tartibi belgilandi.
Şunday qilib, 8 yil göyo sinalgan tizim hali hamon “ayrim masalalar” sabab töxtab qolişi, yoki maxsus bilim va ixtisoslikka ega mutaxassislar yöqligi uçun 30 kungaça kuttirişi mumkin.
Şohrux Ğiyosov işdan olindi
Şohrux Ğiyosov Içki işlar vazirligi matbuot kotibi lavozimidan ozod etildi.
U 2019 yil 10 oktyabrda Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi boşliği — içki işlar vazirining matbuot kotibi etib tayinlangan. U içki işlar organlaridagi faoliyatini 1996 yildan boşlab, şu kunga qadar turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar IIV Xalqaro hamkorlik boşqarmasiga rahbarlik qilgan.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr