Qöqondagi mehmonxonada 13 yaşar qiz zörlandi
3-sahifa
−
15:03 3835 2 daqiqa
Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yaşar voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 28-sentyabr kuni Farğona viloyatining Rişton tumanida yaşovçi 2012 yilda tuğilgan voyaga yetmagan qiz Qöqon şahridagi mehmonxonada jinsiy zöravonlikka uçragan.
Mazkur holat yuzasidan 29-sentyabr kuni Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (Ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi doirasida gumonlanuvçi uşlanib, 30 sentyabr kuni unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi doirasida tegişli ekspertizalar tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Bildirilişiça, voyaga yetmagan jabrlanuvçining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, uning ruhiy holatini tiklaş hamda zarur yordam körsatiş maqsadida unga psixologik va yuridik xizmatlar biriktirilgan. Mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligining mas’ul xodimlari nazoratiga olingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida 24 yoşdagi xotinini öldirib, 2,5 yaşar qiziga jinsiy zöravonlik qilgan va uning ham umriga zomin bölgan erkak umrbod qamalgandi.
Live
Barchasi