Buxoroda erkak özini piçoq bilan öldirmoqçi böldi (video)

3-sahifa

−

image

Joriy yilning 9 noyabr kuni Buxoro şahrida özini piçoq bilan öldirmoqçi bölgan fuqaro içki işlar organlari xodimlari tomonidan zararsizlantirildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Gulşan mahallasida soat 13:10 larda hududda xizmat olib borayotgan patrul-post xizmati inspektorlariga noma’lum şaxsning qölida piçoq bilan yurgani haqida xabar kelib tuşgan. Voqea joyiga yetib borgan xodimlar qölida ötkir tiğli jism bölgan tajovuzkor şaxsga duç kelgan.

Inspektorlar unga yaqinlaşmoqçi bölganida, fuqaro heç kimni yoniga yölatmasligini, aks holda öziga piçoq urişini aytib tahdid qilgan.

Xodimlar vaziyatni keskinlaştirmasdan, fuqaroni odamlar kamroq bölgan joyga olib borib, uning diqqatini çalğitgan. Şundan söng, tezkor harakatlar bilan uni zararsizlantirib, qölidagi piçoqni olib qöyişga muvaffaq bölgan.

Qayd etilişiça, hodisa davomida fuqaro ham, atrofdagilar ham jarohat olmagan. Suriştiruvda u Gulşan mahallasida yaşovçi, 1971 yilda tuğilgan va vaqtinça işsiz fuqaro ekani aniqlangan.

Bildirilişiça, hozirda fuqaro hududiy içki işlar bölimiga olib borilgan. Holat yuzasidan tegişli profilaktik va suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Quva tumanida erkak 8 metr yer uçun odamlarga piçoq bilan tahdid qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing