Buxoroda brakonerlar Ekopolitsiya xodimiga jarohat yetkazdi
3-sahifa
−
11:31 577 2 daqiqa
Buxoro viloyatining Peşku tumanida noqonuniy ov bilan şuğullangan beş nafar fuqaro Ekopolitsiya xodimlarining qonuniy talabiga böysunmay, ularga qarşilik körsatdi. Oqibatda xodimlardan biri tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, holat Qoraqir massivida joylaşgan muhofaza etiladigan hududda ötkazilgan reyd davomida aniqlangan. Ma’lum bölişiça, Peşku tumanida yaşovçi beş nafar fuqaro taqiqlangan tungi yoritiş moslamasi va ov qurolidan foydalanib, noqonuniy ov qilgan. Ular jami 13 ta quyonni ovlagan.
Holatni aniqlaş jarayonida Ekopolitsiya xodimlari harakatlanib kelayotgan UAZ rusumli avtomobilni tekşiriş uçun töxtatgan. Biroq maşinada bölgan fuqarolar xodimlarning qonuniy talablariga böysunmay, ularga qarşilik körsatgan va tan jarohati yetkazgan.
Jabrlangan xodimga birinçi tibbiy yordam körsatilib, şifoxonaga yotqizilgan. Voqea joyiga tuman içki işlar bölimi xodimlari ham jalb etilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida mast haydovçi içki işlar organlari xodimlariga qarşilik körsatib, patrul-post xizmati inspektoriga muşt tuşirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi