Buxoroda maktab öquvçilari majburiy mehnatga jalb qilindimi?
O‘zbekiston
−
12:10 146 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro şahridagi 42-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari dars vaqtida majburiy mehnatga jalb etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ta’lim va ilm-fan boşqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, 1958 yilda qurilgan maktab 800 öringa möljallangan bölsa-da, hozirda bu yerda 1 329 nafar öquvçi tahsil olmoqda. Öquvçilar uçun qöşimça şaroit yaratiş maqsadida maktab hududida 540 örinli yangi bino quriş rejalaştirilgan. Hozirda uning smeta-loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda.
Şu bilan birga, mavjud maktab binosining texnik holati yomonlaşgan. Xususan, musiqa zali joylaşgan uçinçi qavat tomining bir qismi qulab tuşgan. Boşqa xonalarning tom qismida ham çökiş va konstruktiv deformatsiyalar aniqlangan.
Buxoro viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspeksiyasining joriy yilning 9 noyabrdagi xatida maktab binolari foydalanişga yaroqsiz deb topilgan va ulardan foydalanişni taqiqlaş tavsiya etilgan.
Şu sababli, öquvçilar va pedagoglar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida ta’lim jarayoni 44-sonli maktab hamda Buxoro yuridik kollejining böş turgan binolarida davom ettirilişi rejalaştirilgan.
Boşqarma ma’lumotiga köra, 42-sonli maktab hududida ta’mirlaş işlari olib borilmayapti. Hozirda öquvçilar va pedagoglarni yangi binolarga köçiriş, şuningdek, zarur jihozlar hamda öquv vositalarini taşiş işlari amalga oşirilmoqda.
Uşbu işlar keça, 15 noyabr kuni maktab texnik xodimlari va ixtiyoriy ravişda yordam berayotgan ota-onalar iştirokida taşkil etilgan. Boşqarma öquvçilar jarayonda qatnaşmayotgani va heç qanday mehnat işlariga jalb qilinmaganini bildirgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda keltirilganidek, öquvçilarning dars vaqtida ta’mirlaş işlariga jalb etilişi holati mavjud emas”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Qibray tumanida joylaşgan Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazida bolalar devor tozalaş işlariga jalb qilingani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr