Buxoroda o‘z uyida qalbaki pul va nasha saqlagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
09:33 490 1 daqiqa
Buxoro viloyatida o‘z uyida 2 ming so‘mlik qalbaki banknotalarni va giyohvandlik vositalarini saqlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda Vobkent tumanida tezkor tadbir o‘tkazgan.
Oldindan kuzatuvga olingan shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida har biri 2 000 so‘mlik jami 1 516 dona qalbaki banknota va bir dona rangli printer aniqlangan. Qalbaki banknotalarning umumiy nominal qiymati 3 million 32 ming so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, xonadonni ko‘zdan kechirish jarayonida og‘irligi 284,71 gramm “marixuana”ga o‘xshash modda, shuningdek, parvarishlab kelingan 7 tup “kannabis” o‘simligi ham topilgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida qalbaki 7400 dollarni 44 mln so‘mga sotayotganlar ushlangan edi.
Live
Barchasi23 Oktyabr