Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari miqdori kamaydi

Jamiyat

image

Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari miqdori kamaydi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, transchegaraviy pul o‘tkazmalari Markaziy bank prognozlari doirasida yilning birinchi choragiga qaraganda 8,6 foizga oshib, 2,5 mlrd dollar doirasida shakllangan. An’anaviy pul o‘tkazmalari kelib tushadigan davlatlar ulushi kamayishda davom etib, uzoq mamlakatlardan, an’anaviy bo‘lmagan davlatlardan keladigan pul o‘tkazmalarining ulushida o‘sish kuzatilgan.

Xususan, Qozog‘iston va Rossiyadan amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari birgalikda 84 foizgacha pasaydi. Rossiyadan keladigan pul o‘tkazmalari ulushi umumiy pul o‘tkazmalarining 68 foizini tashkil etib, o‘tgan yilgiga nisbatan ancha kamaygan.

“Umuman olganda, pul o‘tkazmalari dinamikasi, ish haqining o‘sishi, o‘z-o‘zini band qilganlarning daromadlarining o‘sishi aholining real daromadlari va yalpi talabning o‘sishiga, albatta, o‘z hissasini qo‘shdi”, deydi Mamarizo Nurmurodov.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston pul o'tkazmalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing