Foden APLning eng yaxshi futbolchisini aytdi

Sport

image

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Fil Foden jamoadoshi Kevin De Bryuyneni Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topdi.

“Menimcha, Kevin Premer-ligadagi eng yaxshi futbolchi. U bilan birga o‘ynash juda yoqimli va bu holat uzoq davom etishiga umid qilaman”, deydi Foden.

Foden “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 48 ta uchrashuvda qatnashib, 24 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 130 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya Prem'er ligasi Fil Foden Kevin De Bryuyne

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made