De Bryuyne faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettirishi mumkin
Sport
−
11:04 437 1 daqiqa
“Inter Mayami” yana bir bor “Napoli” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Amerika klubi belgiyalik futbolchini Lionel Messi, Luis Suares va Rodrigo De Paul bilan bir jamoada jamlab, tarkibini yana bir jahon darajasidagi yulduz bilan kuchaytirishni maqsad qilgan.
2025 yilning yozida insayder Nikolo Skira De Bryuynega “Inter Mayami” va “San-Diyego” klublari qiziqish bildirayotganini ma’lum qilgan edi. O‘shanda belgiyalik futbolchi har ikki klub bilan muzokara o‘tkazgan, ammo faoliyatini Yevropada davom ettirishga qaror qilgan.
“Mundo Deportivo” ma’lumotiga ko‘ra, endi esa uning MLS’ga ko‘chib o‘tishi yana amaliy variant sifatida ko‘rilmoqda. “Inter Mayami”dan tashqari, “Chikago Fayr” va “San-Diyego” klublari ham futbolchining vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Kevin De Bryuyne “Napoli” safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.