“Mançester Siti” öz maydonida “Napoli” bilan durang öynadi

Sport

−

visibility896 timer2 daqiqa

image

Keça, 24 noyabr kuni Angliyaning “Mançester Siti” jamoasi Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining 5-turida öz maydonida Italiyaning “Napoli” klubi bilan 2:2 hisobida durang öynadi.

Uşbu bahsda Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov zaxira örindiğida qoldirildi.

Uçraşuvda dastlab 55-daqiqada Rasmus Xoylund hisobni oçdi. 67-daqiqada Ayub Buaddi javob golini kiritdi. 76-daqiqada Noa Lang “Napoli”ni oldinga olib çiqdi. 86-daqiqada esa Rayan Çerki hisobni tenglaştirdi.

Şu tariqa, “Mançester Siti” turnirdagi oçkolarini 10 taga yetkazdi. “Şaharliklar” turnir jadvalining 6-poğonasidan joy olgan. “Napoli” esa tört oçko bilan 27-örinda bormoqda.

Keyingi uçraşuvda “Mançester Siti” joriy yilning 8 dekabr kuni safarda “Barselona”ga qarşi maydonga tuşadi. “Napoli” esa şu kuni öz maydonida Belgiyaning “Bryugge” klubini qabul qiladi.

Ma’lumot uçun, Çempionlar ligasi umumiy bosqiçida 36 ta klub iştirok etmoqda. Barça jamoalar dastlabki bosqiçda sakkiztadan öyin ötkazadi: törttasi öz maydonida, törttasi safarda. Klublar yagona turnir jadvalida joylaşadi. Eng yaxşi sakkizta jamoa töğridan töğri nimçorak finalga yöl oladi. 9-24-örinlarni egallagan jamoalar esa pley-off bosqiçida qolgan sakkizta yöllanma uçun kuraş olib boradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing