Uç nafar özbekistonlik futbolçi Osiyoning eng yaxşi futbolçisi sovriniga nomzod böldi
Sport
−
2686 2 daqiqa
Özbekiston milliy terma jamoasining uç nafar futbolçisi Xitoyning “Titan Sports” naşri talqiniga köra, 2026 yilning eng yaxşi osiyolik futbolçisi sovrini uçun nomzodlar röyxatiga kiritildi. Bu haqda “Sohu” naşri xabar berdi.
Nomzodlar orasidan “Mançester Siti” himoyaçisi Abduqodir Husanov va Turkiyaning “Başakşexir” klubida töp surayotgan Abbosbek Fayzullayev hamda Eldor Şomurodov joy oldi.
Osiyoning eng yaxşi futbolçisi sovrini 2013 yildan buyon Xitoyning “Titan Sports” naşri tomonidan topşirib kelinadi.
2026 yilgi sovrin uçun asosiy nomzodlar qatorida Los-Anjeles klubi futbolçisi Son Xyon Min, “Atletiko Madrid” vakili Li Kan In, “Bavariya” himoyaçisi Kim Min Je hamda eronlik hujumçi Mehdi Taremi ham bor.
Ötgan yili Son Xyon Min 146 oçko töplab, faoliyatida öninçi marta uşbu sovringa sazovor bölgandi. Li Kan In 105 oçko bilan ikkinçi, “Al-Nasr” safida töp surgan Kriştianu Ronaldu esa 91 oçko bilan uçinçi örinni egallagandi. Özbekistonlik futbolçilar hozirgaça uşbu sovrinni qölga kiritmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2026 yilning eng yaxşi futbolçisi uçun nomzodlar röyxatiga özbekistonlik futbolçilarni kiritmagandi.
Live
Barçasi