Fayzullayevning jarohati tafsilotlari ma’lum böldi
Sport
−
15:50 689 1 daqiqa
Keça, 17 noyabr kuni Özbekiston milliy terma jamoasi futbolçisi Abbosbek Fayzullayev Saudiya Arabistoniga qarşi örtoqlik uçraşuvida öng oyoq töpiq qismidan jarohat oldi. Bu haqda ÖFA xabar berdi.
Saudiya Arabistoniga qarşi örtoqlik uçraşuvida Abbosbek Fayzullayev 54-daqiqada rabi bilan töqnaşuvdan keyin şifokorlar yordami bilan maydonni tark etgandi.
Assotsiatsiya ma’lumotiga köra, terma jamoa tibbiy ştabi tomonidan futbolçi tezkorlik bilan çuqurlaştirilgan tibbiy tekşiruvdan ötkazilgan. Tekşiruv natijalariga köra, Fayzullayevning öng oyoq töpiq qismi şikastlangani ma’lum bölgan. Futbolçining tiklaniş muddati haqida esa ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot uçun, Doha şahrida ötkazilgan xalqaro örtoqlik uçraşuvida Özbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Uçraşuvning boş qahramoni Şerzod Esanov böldi. U raqib darvozasiga ikki bor yöl topdi.
Live
Barchasi