Kevin De Bryuyne “Napoli”ni tark etişi mumkin

Sport

−

image

Kevin De Bryuyne “Napoli” bilan şartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qilişiga qaramay, jamoadagi kelişmovçiliklar sababli qişki transfer oynasida klubni tark etişi mumkin. Bu haqda “Il Mattino” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, De Bryuyne jamoa kiyiniş xonasidagi muhitning yomonlaşişiga ham hissa qöşmoqda. Joriy yilning 5 noyabr kuni Çempionlar ligasi doirasida “Portu”ga qarşi safardagi 4:1 hisobidagi mağlubiyatdan söng belgiyalik futbolçi va uning jamoadoşi Lorenso Lukka örtasida oğzaki kelişmovçilik yuzaga kelgan. Italiya OAVlari xabar berişiça, De Bryuyne Rasmus Xoylund va jamoa sardori Jovanni Di Lorenso bilan ham kelişmovçilikka borgan.

“Napoli” rahbariyati belgiyalik futbolçining ketişidan maoş xarajatlarini kamaytiriş uçun foydalanişi mumkin. Çunki De Bryuyne A Seriyaning eng köp maoş oluvçi futbolçilaridan biri hisoblanadi. “Capology” ma’lumotlariga köra, futbolçining yillik maoşi bonuslar bilan birga soliqlar bilan birga 13,89 million yevroni taşkil etadi.

Ma’lumot uçun, De Bryuyne 2025 yilning yozida “Mançester Siti”ni erkin agent sifatida tark etgaç, “Napoli” safiga qöşilgan edi. Belgiyalik futbolçi joriy mavsumda esa 15 ta öyinda qatnaşib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi. “Transfermarkt” portali futbolçining transfer qiymatini 8 million yevro deb baholamoqda.

“Napoli” A Seriyaning 11-turidan keyin turnir jadvalida 10-örinda bormoqda. Çempionlar ligasida esa jamoa mumkin bölgan 12 oçkodan faqat 3 tasini qölga kiritib, 27-örinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing