PSJning 12 öyinlik ğalabali seriyasi uzildi

Sport

−

visibility1093 timer2 daqiqa

image

Keça, 25 noyabr kuni Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” va Italiyaning “Roma” jamoalari Parijda Çempionlar ligasining beşinçi turidan örin olgan uçraşuvda 2:2 hisobida durang öynadi.

“Roma” safida Mario Ermoso 5-daqiqada hisobni oçdi. 31-daqiqada Ilya Zabarniy muvozanatni tikladi. 62-daqiqada Usmon Dembele penaltidan foydalanib, parijliklarni hisobda oldinga olib çiqdi. 78-daqiqada esa Donell Malen penaltidan gol urib, uçraşuvdagi yakuniy hisobni örnatdi.

Şu tariqa, parijliklar joriy Çempionlar ligasi mavsumida ilk bor ğalaba qozona olmadi. Şuningdek, jamoaning barça musobaqalardagi 12 öyinlik ğalabali seriyasi ham yakunlandi.

PSJ 13 oçko bilan umumiy turnir jadvalida ikkinçi örinda bormoqda. “Roma” esa 5 oçko bilan 25-poğonani egallagan.

Keyingi turda PSJ joriy yilning 8 dekabr kuni safarda Angliyaning “Aston Villa” klubiga qarşi maydonga tuşadi. “Roma” esa şu kuni Portugaliyaning “Sporting” jamoasini öz maydonida qabul qiladi.

Kunning boşqa uçraşuvlarida “Atletiko Madrid” “Viking”ni (2:0), “Inter” “Ştutgart”ni (2:0), “Liverpul” “Bryugge”ni (3:0), “Fenerbaxçe” “Şaxtyor”ni (1:0), “Vilyarreal” esa “Slaviya”ni (1:0) mağlub etdi.

Çempionlar ligasining asosiy bosqiçida 36 ta klub iştirok etmoqda. Har bir jamoa sakkizta uçraşuv ötkazadi: törttasi öz maydonida, törttasi safarda. Barça klublar yagona turnir jadvalida joylaşadi. Eng yaxşi sakkiztalik töğridan-töğri 1/8 finalga yöl oladi. 9–24-örinlarni egallagan jamoalar esa pley-off bosqiçida qolgan iştirokçilarni aniqlaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing