“Bavariya” joriy YeÇLdagi ilk mağlubiyatini qabul qildi
Sport
−
948 2 daqiqa
Keça, 25 noyabr kuni Fransiyaning “Lill” klubi Çempionlar ligasi beşinçi turidan örin olgan öz maydonidagi uçraşuvda Germaniyaning “Bavariya” jamoasini 2:1 hisobida mağlub etdi.
Uçraşuvda hisob 15-daqiqada “Bavariya” himoyaçisi Dayo Upamekano tomonidan oçildi. 62-daqiqada Ayase Ueda hisobni tenglaştirdi. Uç daqiqa ötib, Aleksandr Pavloviç “Lill”ning ğalaba golini kiritdi.
Uşbu bahsdan avval jamoaning fransiyalik yarim himoyaçisi Maykl Olise va Harri Keyn jarohat olgandi. Har ikki futbolçi ham “Lill”ga qarşi öyinda maydonga tuşmadi.
“Bavariya” joriy Çempionlar ligasi mavsumida ilk mağlubiyatini qabul qildi. Jamoa bunga qadar ikkita ğalaba va ikkita durang qayd etgan edi. “Lill” esa musobaqadagi ilk ğalabasiga erişdi.
Ma’lumot uçun, “Bavariya” 8 oçko bilan turnir jadvalida 15-örinda, “Lill” esa 4 oçko bilan 29-poğonada bormoqda. Çempionlar ligasining asosiy bosqiçida 36 ta klub iştirok etmoqda. Har bir jamoa sakkizta uçraşuv ötkazadi: törttasi öz maydonida, törttasi safarda. Barça klublar yagona turnir jadvalida joylaşadi. Eng yaxşi sakkiztalik töğridan-töğri 1/8 finalga yöl oladi. 9–24-örinlarni egallagan jamoalar esa pley-off bosqiçida qolgan iştirokçilarni aniqlaydi.
Live
Barçasi